Bayzo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bayzo (arab.— oq rangli, yaltiroq) — qad. poʻlatning bir turi. Sifat jihatdan isfahon poʻlatidan (qarang Bulat) soʻng 2-oʻrinda turadi. B. olish uchun teng miqdordagi temir va oddiy poʻlat oʻtda qizdirilib, sandonga ikkisi ustma-ust qoʻyiladi, bolgʻa va bosqon bilan urib yoyiladi. Sovigach, yana qizdirilib, buklab, urish davom ettiriladi. Bu jarayon temirning taxminan oʻndan bir qismi poʻlat jismiga singunga qadar davom ettiriladi. Shunda u yaltirab, "xol" tashlab turadi. B.dan pichoq, qilich, xanjar tigʻlari yasalgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil