Baytul Muslimin masjidi
Masjid | |
Baytul Muslimin masjidi
巴特爾穆斯林清真寺 | |
![]() | |
Joylashuvi | 24°34′52.9″N 121°51′50.6″E / 24.581361°N 121.864056°E |
Manzil | № 16, Nan’an yoʻli, Suʼao, Yilan tumani, Tayvan |
Baytul Muslimin masjidi – Tayvanning Yilan tumani, Suʼao shaharchasidagi masjid. Bu Yilan tumanidagi ilk masjiddir[1].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjid 2014-yilda Indoneziyadan kelgan bir guruh baliqchilar tomonidan tashkil etilgan[2].
Arxitekturasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjid ikki qavatli sariq binoning yuqori qavatida joylashgan[3]. Binoning pastki qavati Tayvandagi Indoneziya dengizchilar bilan aloqa forumi maʼmuriyati uchun ishlatiladi. Bino oyiga 15 000 NT$ evaziga ijaraga olingan[4].
Faoliyatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjidda muntazam ravishda musulmonlarga oid turli tadbirlar va bayramlar oʻtkaziladi. Bino, shuningdek, Nanfangʻao baliq ovlash porti kabi yaqin atrofdagi portlarda ishlaydigan baliqchilar uchun yigʻilish markazidir[5][6]. Masjid Indoneziyadan kelgan mehnat muhojirlari uchun maʼlumot va shikoyat markazi hamdir[7].
Transporti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjidga Tayvan temir yoʻllarining Su’ao bekatidan janubi-sharq tomon piyoda borish mumkin.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Setiawan. „Jelajah Masjid dan Mushola di Bumi Formosa“ (id). Mina News (2019-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 3-noyabr.
- ↑ Asia Times Staff. „Indonesian fishermen set up a mosque in Yilan County“. Asia Times (2017-yil 12-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 3-noyabr.
- ↑ Asia Times Staff. „Indonesian fishermen set up a mosque in Yilan County“. Asia Times (2017-yil 12-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 3-noyabr.
- ↑ Sasongko, Agung. „Nelayan Indonesia di Indonesia Peringati Nuzulul Quran“ (id). Republika (2015-yil 5-iyul). Qaraldi: 2021-yil 3-noyabr.
- ↑ HS. „Ratusan Nelayan Peringati Nuzulul Quran di Taiwan“ (id). Berita Satu (2015-yil 5-iyul). Qaraldi: 2021-yil 3-noyabr.
- ↑ The Asia Times. „Indonesian Fishermen Set Up Mosque in Taiwan“. International Quran News Agency (2017-yil 13-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 3-noyabr.
- ↑ „Sosialisasi Pada Pos Layanan dan Informasi Pengaduan, Tingkatkan Pemahaman ABK Nelayan Yilan Terkait Ketenagakerjaan“ (id). BP2MI (2019-yil 25-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 3-noyabr.