Kontent qismiga oʻtish

Baytu-l-mol

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Baytu-l-mol (arab. “mol-mulk uyi”) - musulmon mamlakatlarida davlatga tegishli molning muhofaza qilinishini ta’minlaydigan, davlat xazinasini tashkil etadigan hamda moliyaviy ishlarni tartibga soladigan huquqiy maqomga ega bo‘lgan moliyaviy-idoraviy tashkilot hisoblangan. Baytu-l-molni dastlab xalifa Umar ibn al-Xattob (ra) ta’sis qilgan. Undagi boyliklar asosan xiroj, jizya, zakot, hums kabi soliklardan to‘plangan. Baytu-l-mol davlatning har qanday moliyaviy ishlarini, xususan, kirim-chiqim, maoshlar kabi masalalarni tartibga soladigan mustaqil tashkilot bo‘lgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 71.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480 bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.