Baytqoʻrgʻoniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Baytqo‘rg‘oniydan yoʻnaltirildi)

Baytqoʻrgʻoniy — oʻrtapishar qovun navi (Toshkent shahri yaqinidagi Baytqoʻrgʻon qishlogʻi nomidan). Shakli tuxumsimon, yirik, uz. 30 — 36 sm, ogʻirligi 4 – 6 kg . Sirti tekis, dagʻalroq, yoppasiga toʻr bilan qoplangan, tusi sariq. Poʻsti qalin, eti oq, yumshoq, sershira, qalinligi 4,5 — 5 sm. Urugʻi unib chiqqanidan soʻng 85 — 93 kunda pishadi. Tarkibida 7,3 — 9,4% qand bor. Hosildorligi 200 — 300 s.ga. Uzoq joylarga yuborish va saqlashga chidamli. B. Toshkent, Sirdaryo va Buxoro viloyatlarida ekiladi (qarang Qovun).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Baytqoʻrgʻoniy" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil