Bayt ul-hikmat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Bayt ul-hikmat (yoki "Xizonat ul-hikmat") — olimlarni birlashtirgan ilmiy muassasa. Xalifa Horun ar-Rashid (766 — 809) Bagʻdodda tashkil etgan. Oʻzbekcha asarlarda "Bilim uyi" yoki "Donishmandlar uyi" deb yuritiladi. Muhammad Xorazmiy xalifa Maʼmun davri (813 — 833)da "Bilim uyi"dagi juda boy kutubxonaga boshchilik qilgan. Kutubxonada hind, yunon, suryoniy (suriya), arab, fors tillarida 400 000 jida qoʻlyozma kitob saqlangan. Xorazmiy oʻsha kitoblardan foydalanib, hind usulida ilmi hayʼat (astronomiya)ga oid "Ziji Xorazmiy" asarini yozgan. Hind raqamlari asosida hozirgi arab raqamlarini soddalashtirgan, kengaytirgan va birinchi marta arab tilini bayon etib, uning keng tarqalishiga hissa qoʻshgan.

Tarjima ishlarida turli mamlakatlardan kelgan olim va tarjimonlar, jumladan Turkiston olimlaridan Ahmad Fargʻoniy, Muhammad Xorazmiy, Abbos ibn Sayd Javhariy va Ahmad ibn Abdulloh Marvaziylar qatnashgan. Bu yerda olimlar chet tildagi murakkab tushunchalarni berishga qodir arab atamashunosligini yaratishga va uni boyitishga katta hissa qoʻshdilar.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Bayt ul-hikmat" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil