Bayon sulduz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Bayon sulduz (?-1361) - Chigʻatoy ulusi beklaridan, asli sulduz urugʻidan. Amir Qazagʻon oʻldirilgach (1358), Movarounnahr taxtiga oʻtirgan uning oʻgʻli Abdulloni jangda yengib, hokimiyatdan chetlatgan va mamlakatni amir Hoji Barlos bilan birga boshqargan. Biroq B. S. maishatparast boʻlganligi sababli davlatni boshqarishning uddasidan chiqolmagan. Bundan foydalangan Mugʻuliston (Jeta) xoni Tugʻluq Temur Movarounnahrga ikki karra — 1360, 1361 y.lari bostirib kelgan va B. S.ni qatl qildirgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil