Bayerische Motoren Werke AG
![]() | |
BMW shtab -kvartirasi Myunxen, Germaniya | |
Turi | Ommaviy (Aktiengesellschaft) |
---|---|
Xizmatlari | Avtomobilsozlik |
Egasi |
Rapp Motorenwerke Bayerische Flugzeugwerke Fahrzeugfabrik Eisenach |
Qachon asos solingan | 1916-yil 7-mart |
Joylashuvi |
![]() |
Asoschi(lari) |
Camillo Castiglioni Frans Jozef Popp Karl Rapp |
Prezidenti | Oliver Zipse |
Bosh kotibi | Norbert Reithofer |
Mahsulot(lar)i | Mototsikllar |
Brendlari |
Avtomobillar Alpina BMW BMW i BMW M BMW X DriveNow Mini Rolls-Royceti=Butun dunyoda (Rossiyadan tashqari) |
Daromadi | 111,239 milliard yevro (2021) |
Operatsion foydasi | 16,060 milliard yevro (2021) |
Boyligi | 229,527 milliard yevro (2021) |
Kapitallashtirish | 75,132 milliard yevro (2021) |
Sof foydasi | 12,463 milliard yevro (2021) |
Ishchilar soni | 118 909 (2021) |
Vebsayti | https://www.bmwgroup.com |
BMW AG (kengaytmasi Bayerische Motoren Werke AG, o'zbekchada "Bavariya motor zavodi") - nemis avtomobil, mototsikl, dvigatel va velosiped ishlab chiqaruvchisi. Kompaniyaning boshqaruvchisi etib
- 2006-yildan 2015-yilgacha Norbert Raytxofer,
- 2015-yil may oyidan Harald Kruger,
- 2019-yil 18-iyuldan Oliver Sipse tayinlangan va boshqarmoqda[1].
Kompaniya shiori - "boshqarishdagi qulaylik". Ingliz tilida so'zlashadigan mamlakatlar uchun "Ultimate Driving Machine"("haydovchilar uchun mashina") shiori ham mavjud.
Nomlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]
O'zbek tilida "BMW" nomi nemischa talaffuzga yaqin bo'lgan "be-em-ve" deb talaffuz qilinadi. Bundan tashqari, bir nechta "norasmiy" nomlar mavjud:
- Ingliz tilida kompaniyaning mototsikllari uchun "bi-em-double-u", avtomobillar uchun - "bemer" nomi tarixan rivojlangan[2] ,
- Rossiyada "beha", "bimmer", "boomer"[3] nomlari ishlatiladi,
- Gretsiyada - "beba",
- Arab mamlakatlarida - "BM"[4].
Avtomobillar seriyasiga ko'ra ham nomlanishi mumkin, masalan, 5-seriya uchun - "besh" nomi ishlatiladi(nemischa: Fünfer).
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ikkinchi jahon urushidan oldin[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ishlab chiqarish zavodi Karl Fridrix Rapp tomonidan 1916-yil oktabr oyida tashkil etilgan ammo, BMW 1917-yil 20-iyulda rasman ro'yxatdan o'tgan. Lekin dastlab Bayerische Flugzeug-Werke samalyotlari uchun dvigatellari ishlab chiqargan. Nemis samolyot ishlab chiqaruvchisi Gustav Otto tomonidanFlugmaschinenfabrik yaqinida BMW joylashganligi sababli uning dvigetillari tanlangan.
1916-yilda kompaniya Avstriya-Vengriya uchun V12 dvigatellarini ishlab chiqarish bo'yicha shartnoma imzoladi. Qo'shimcha mablag'ga muhtoj bo'lgan Rapp Camillo Castiglioni va Maks Fritzning sarmoya kiritish yordamini oladi, kompaniya Bayerische Motoren Werke GmbH degan nom bilan qayta tashkil etildi. 1917-yilda korxonaning tez o'sishiga ba'zi qiyinchiliklar sabab bo'ldi, shundan so'ng Rapp kompaniyani tark etdi, boshqaruv avstriyalik sanoatchi Frans Yozef Poppga o'tdi va 1918-yilda kompaniya nomi BMW AG deb qaytadan yana o'zgartirildi.
Urush davrida[tahrir | manbasini tahrirlash]
1919-yilda Frants Dimer BMW samolyotida 9760 metr balandlikka uchib,BMW dvigetili jahon rekordini o'rnatdi. Birinchi jahon urushidan so'ng, 1919-yildagi Versal shartnomasi shartlariga ko'ra, Germaniyada samolyot ishlab chiqarish taqiqlandi, buning natijasida Gustav Otto o'z zavodini yopdi, BMW esa qishloq xo'jaligi texnikasi, uy-ro'zg'or buyumlari va poyezd ishlab chiqarishga o'tdi.
1922-yilda Myunxennning Oberwiesenfeld aeroportining sharqida BMW o'zining hozirgi asosiy binosini (hozirgi kundagi shahar Olimpiya markazi) qurdi. 1923-yilda Myunxen zavodida birinchi BMW mototsikli ishlab chiqarilgan. 1924-yilda BMW dvigetellari bilan jihozlangan samolyotda Forsga (Eronga) birinchi qit'alararo parvozni amalga oshirildi. 1926-yilda BMW VI dvigatelli Rohrbach Ro VII gidrosamolyoti beshta jahon rekordini o'rnatdi. 1927-yilda 87 ta jahon havo rekordlari o'rnatildi, ulardan 29 tasi BMW tomonidan boshqariladigan samolyotlar bilan bajarildi.
1928-yilda BMW Eisenachdagi (Tyuringiya) avtomobil zavodini qurishga va u bilan birga Dixi nomli kichik avtomobil ishlab chiqarish uchun litsenziyani oladi. Kompaniya Amerikaning samolyot dvigatellari ishlab chiqaruvchisi Pratt & Whitney bilan radial dvigatellarni o'rnatish bo'yicha litsenziya shartnomasi tuzadi. Dixi - birinchi BMW avtomobilining nomi. U 1929-yilda Ostin Motor kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, ammo avtomobillar qirqinchi yillargacha Aysenaxda ishlab chiqarilgan. 1929-yili Ernst Henne BMW tomonidan ishlab chiqarilgan mototsiklda dunyodagi eng tez mototsiklchiga aylanadi.
1939-yil iyun oyida Siemens BMWga o'zining filialini sotdi. Brandenburgdagi filial sanoat namunalari, patentlar, ishlab chiqarish quvvatlari va tadqiqot muassasalari, barcha ishchi kuchi va muhandislik va texnik xodimlar bilan tuzilgan bitim natijalariga ko'ra BMWning mulkiga aylandi. BMWning mulki Shpandau, Niderbarnime, Basdorfe va Zülsdorfda zavodlari paydo bo'ldi. Sotib olingan korxonalar bazasida mavjud bo'lgan dvigatel ishlab chiqarish zavodlaridan tashqari:
- aviatsiya va raketa dvigatellari zavodi (Flugzeugturbinenfabrik),
- Zülsdorf tadqiqot markazi,
- Spandau ishlab chiqarish bilan birga raketa uskunalari,
- raketa qurollari (BMW-Raketenabteilung) bo'limi tashkil etildi.
1940-yilning kuzida faqat nemis fuqarolari Spandau va Niderbarnimdagi BMW raketa zavodlarida 10 mingdan ortiq ishchisi bor bo'lib[5] ,bularga tekin ishchi kuchi bo'lgan ostarbayterslar qo'shildi.
1930-yillarning o'rtalariga kelib, kompaniya foydasi misli ko'rilmagan darajada o'sdi va Yevropadagi eng yirik sanoat konserniga aylandi. Bavariyadagi BMW zavodlari yirik sanoat konglomeratiga aylandi. O'sha vaqtga kelib, kompaniya allaqachon kuzatuv va ijroiya kengashlariga ega edi. 1917-yildan 1942-yilgacha BMW kompaniyasining bosh direktori bo'lib ishlagan Frans Jozef Popp BMWni avtokratik tarzda boshqargan. Kollegial boshqaruv tamoyillarini inkor etgan..Diametral qarama-qarshi qarashlar tufayli Frants Popp va korporativ ierarxiyaning ikkinchi raqamli odami, 1935-yildan beri BMW boshqaruv kengashi a'zosi bo'lgan Frits Xill o'rtasida keskin ziddiyat yuzaga keldi. 1942-yilda kuzatuv kengashi va hukumatning bosimi ostida Frits Xille bosh direktor lavozimini egalladi.
Ikkinchi jahon urushi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ikkinchi Jahon urushi oldidan kompaniya o'z faoliyat doirasini sezilarli darajada diversifikatsiya qildi. Shu jumladan, avtomobilsozlik va mashinasozlikdan tashqari (ular ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va Ostarbayterlar shaklida tekin mehnat resurslarini jalb qilish orqali kuchaytirildi), raketa texnologiyalari va raketa qurollari, boshqariladigan harbiy qurollar ishlab chiqarish sohasi kuchaytirildi. Korxonaning ilmiy, muhandislik va laboratoriya bo'linmalari xodimlari soni bir necha barobar ko'paytirildi. 1940-yillarning boshlariga kelib, raketa qurollari bo'limi o'z tajribalarini oshirdi va 1940-yilning kuzida u o'zi ishlab chiqqan bir qator namunalarni ommaviy ishlab chiqarishni yo'lga qo'yishga tayyor edi. Bu kompaniya rahbariyatining nazorati ostida bo'lmagan sabablarga ko'ra sodir bo'lmadi. Shuning uchun BMW Brandenburg zavodlarining asosiy yo'nalishi harbiy samolyotlar uchun reaktiv dvigatellar ishlab chiqarish sohasini tanlagan edi[5]. Qurol-yarog' va harbiy texnikani ishlab chiqishda kompaniya olimlari va muhandislari juda rivojlanib, o'z davridan shunchalik ilgarilab ketishga muvaffaq bo'lishdiki, ularning ish natijalari, hatto Reyxning o'zidan bir necha yil o'tgach, talabga ega bo'lib foydalanib kelindi. Boshqa narsalar qatorida, kompaniya olimlari taktik raketa qurollari sohasida bir qator muhim kashfiyotlar, ixtirolar va ratsionalizatorlik takliflariga ega edi: aynan BMW laboratoriyalarida 1941-yilda bir qator fundamental tadqiqot ishlari olib borilgan. Aynan BMW laboratoriyalari xodimlari keyinchalik tankga qarshi boshqariladigan raketalar va masofadan boshqariladigan qurollar ko'rinishini yaratganlar, ammo sof byurokratik sabablar tufayli Germaniya harbiy sanoati rahbariyati tomonidan rad etilgan. 1941-yil o'rtalarida Germaniya hukumati qo'shinlarining Sharqiy frontdagi g'alabali hujumidan ruhlanib ketibSovet Ittifoqi allaqachon mag'lubiyatga uchragan va hech qachon tiklanmaydi deb ilm-fanga qaramay qo'yishgan[6][7].
Urushdan keyin[tahrir | manbasini tahrirlash]
1945-yil aprel oyida Qizil Armiya Brandenburg sanoat mintaqasini va u yerda joylashgan barcha BMWning korxonalarini egallab oldi, barcha hujjatlar musodara qilindi, ba'zi binolari qamoqxona sifatida foydalanildi. 1948-yilga kelib, Sovet hukumati Brandenburgdagi barcha BMW zavodlarini buzib tashladi[5].
Urushdan oldingi davrda kuchli bo'lgan BMW konserni Ikkinchi Jahon Urushidan keyin, kuchsiz zavodaga aylanib qoldi. Jahon urushidan keyin konsernning Myunxendagi (Germaniyaning Amerika ishg'ol zonasi) va Eisenachdagi (Germaniya Sovet harbiy ma'muriyati) zavodlari bor edi[8]. Ikkinchi Jahon urushi natijasida sanoat bazasi vayron bo'lgan boshqa nemis avtomobil kompaniyalari singari, BMW jiddiy avtomobil ishlab chiqaruvchisi sifatida qayta tiklanishi uchun yillar kerak bo'ldi: 1962-yilda kompaniya avtomobil bozorga chiqdi.[9].
Urushdan keyingi yillarda BMWning strategiyasi kam quvvatli mototsikllar ishlab chiqarish orqali narsalarni sifatini oshirishga harakat qilish edi, chunki urushdan keyin ittifoqchilar BMWga faqat belgilangan hajmdagi mototsikl ishlab chiqarishga ruxsat berishdi. Shuningdek, katta qulay sedanlarni ishlab chiqarishni taqiqlashdi. GDRdagi Eyzenaxdagi zavodni yo'qotdi. Biroq, bozor sharoitlari va BMW rahbariyatining samolyot dvigatellarini ishlab chiqarishni tiklashga urinishlari BMWni inqiroz yoqasiga olib keldi.
BMW tarixidagi muhim sanalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- 1951-yil - BMW o'zining urushdan keyingi birinchi avtomobili bo'lgan "501" ni ishlab chiqardi.
- 1954-yil - BMW lateral poygada jahon chempioni bo'ldi.
- 1955-yil - BMWning Triebwerk GmbHi jonlandi. Kompaniya samolyot dvigatellarini ishlab chiqarish an'analariga e'tibor qaratadi.
- 1955-yil - Muvaffaqiyat yo'lidagi navbatdagi qadam o'rta sinf o'rtasida o'z mahsulotlarini sotish maqsadida BMW siyosatini o'zgartirish edi. Va urushdan keyingi yillarda birinchi ommaviy avtomobil BMW Isetta ishlab chiqdi. Miniatyura ko'rinishidagi avtomobilni yaratish g'oyasi Italiyaning Iso kompaniyasiga tegishli bo'lib, u tomonidan yaratilgan kuzov prototipini nemislar sotib olishgan.
- 1956-yil - "503" va "507" rusumli sport avtomobillari ishlab chiqildi.
- 1959-yil - "700" rusumli avtomobil BMW uchun birinchi yirik ishlab chiqarish muvaffaqiyati bo'ldi.
- 1975-yil - yillarda BMW tarixidagi birinchi "uchlik" paydo bo'ldi.
- 1994-yil - Spartanburgda BMW zavodi ishga tushirildi. Mexicoda BMWning 16-filiali ochildi va Pekinda savdo ofisi tashkil etildi.
- 1995-yil - afsonaviy BMW Z8 taqdimoti bo'ldi. Mashina kino yulduziga aylanadi va Jeyms Bond filmida tasvirlanadi.
- 1999-yil - Detroyt avtosalonida SUV BMW X5 taqdimoti bo'lib o'tdi.
- 2013-yil - BMW i3 elektromobili va i8 gibridining taqdimoti bo'lib o'tdi.
Yil | Daromad
mlrd. yevro € |
Sof daromad
mlrd. yevro € |
Jami aktivlar
mlrd. yevro € |
Xodimlar |
---|---|---|---|---|
2011 | 68.821 | 4.881 | 123.429 | 100 306 |
2012 | 76.848 | 5.096 | 131.850 | 105 876 |
2013 | 76.058 | 5.314 | 138.368 | 110 351 |
2014 | 80.401 | 5.798 | 154.803 | 116 324 |
2015 | 92.175 | 6.369 | 172.174 | 122 244 |
2016 | 94.163 | 6.863 | 188.535 | 124 729 |
2017 | 98.678 | 8.620 | 193.483 | 129 932 |
2018 | 97.480 | 7.117 | 208.980 | 134 682 |
2019 | 104.210 | 4.915 | 241.663 | 133 778 |
2020 | 98.990 | 3.775 | 216.658 | 120 726 |
2021 | 111.239 | 12.382 | 229.527 | 118 909 |
Rahbariyat va boshqaruv[tahrir | manbasini tahrirlash]
25-iyul 2011-yilga kelib Stefan Kvandt BMW avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyaning egalik aksiyalarining 17,4 foiziga egalik qiladi, uning singlisi Suzanne Klatten-12,6 %, ularning onasi Johanna Kvandt-16,7%. Birjada kompaniya aksiyalarining 53,3 foizi savdo qilinmoqda[10].
Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
2007-yilda BMW konserni 1 203 482 dona avtomobil ishlab chiqargan (2006-yilning shu davriga nisbatan 7,6 foizga kamaydi). BMW 2020-yilda ishlab chiqarishni 25 foizga oshirish reja qilgan. Shunday qilib, 2016-yilda 2,4 million dona avtomobil ishlab chiqargan BMW 3,5 yil ichida kamida 3 million dona avtomobil ishlab chiqarishni rejalashtirgan[11].
BMWning yengil avtomobillar bozoridagi asosiy raqobatchisi Mercedes-Benz[12] dir. Kompaniya Germaniya Federativ Respublikasining Audi va Lexus avtomobillari bilan ham kuchli raqobatlashadi[13][14].
BMW Yevropa avtomobil ishlab chiqaruvchilari uyushmasi (ACEA) a'zosi.
Kompaniyaning asosiy ishlab chiqarish quvvatlari bo'lgan zavodlar Germaniyaning o'zidagi hududlarda (Dingolfing, Regensburg, Leyptsig, Myunxen) joylashgan. Avtomobillar, shuningdek, Tailand, Malayziya, Hindiston, Misr, Janubiy Afrika, Vyetnam va AQSh (Spartanburg)dagi zavodlarda yig'iladi. Rossiyada BMW avtomobillari Kaliningradda (" Avtotor ") yig'iladi va sotuvga qo'yiladi. Xitoyda BMW Brilliance brendi ostida yengil avtomobillar ishlab chiqaruvchi Huacheng Auto Holding bilan hamkorlik qilib avtomobil savdosi bilan shug'ulanadi.
Mojarolar[tahrir | manbasini tahrirlash]
2021-yil iyul oyida kompaniya sayyorani ifloslantirgani uchun 373 million yevro toʻlashga majbur qilingan edi. Shunday keyin kompaniya havoga kam zarar keltiradigan mahsulot ishlab chiqarishni o'ylay boshladi[15].
2021-yil sentabr oyida kompaniya Germaniyaning Deutsche Umwelthilfe (DUH) ekologik tashkiloti tomonidan sudga berilgan. Da’vosining asosiy mazmuni BMW mahsulotlari o'zidan chiqadigan uglerod chiqindilarini kamaytirish va 2030-yilgacha ichki yonuv dvigatelli avtomobillar ishlab chiqarishni tugatishdan iborat. Tegishli huquqiy hujjatlarga qaramay, kompaniya ushbu talablarni bajarishdan bosh tortdi, bu esa sud jarayoniga sabab bo'ldi[16].
Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]
- BMW avtomobillari
- BMW muzeyi
- Motorlar BMW
- BMW motorsportda
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ BMW обновила команду дизайнеров, vedomosti.ru, 9 февраля 2017
- ↑ „BMW 5 Series — Bimmer vs. Beamer vs. Beemer“ (en) (10-mart 2005-yil). 28-avgust 2008-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 13-may 2011-yil.
- ↑ „«Бэха», «бумеры». И только“ (ru). Деловой Петербург (6-avgust 2007-yil). 6-avgust 2007-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 13-may 2011-yil.
- ↑ Jennifer Dylan. „The Bimmer’s Bavaria“ (en). Vehicles Magazine (30-aprel 2007-yil). 12-oktabr 2008-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 13-may 2011-yil.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 Lehmann, Jörn. Einhundert Jahre Heidekrautbahn: eine Liebenwalder Sicht. — Berlin: ERS-Verlag, 2001. — S. 57 — 95 s. — (Liebenwalder Heimathefte; 4) — ISBN 3-928577-40-9.
- ↑ Zborowski, H. von ; Brunoy, S. ; Brunoy, O. BMW-Developments. // History of German Guided Missiles Development. / Edited by Theodor Benecke and A. W. Quick. — Brunswick, Germany: Verlag E. Appelhans & Co., 1957. — P. 297—324 — 419 p. — (AGARDograph No. 20).
- ↑ Backofen, Joseph E. Shaped Charges Versus Armor—Part II. // Armor : The Magazine of Mobile Warfare. — Fort Knox, KY: U.S. Army Armor Center, September-October 1980. — Vol. 89 — No. 5 — P. 20.
- ↑ Тони Льюин.. BMW. Полная книга. Все модели с 1950 года. М.: «Издательство ФАИР», Lua xatosi: bad argument #2 to 'formatDate': invalid timestamp 'Yanvar'. — 23 bet. [[Maxsus:BookSources/978-5-8183-1358-0(rus.)|ISBN 978-5-8183-1358-0(rus.)]].<span class="Z3988" title="ctx_ver=Z39.88-2004&rft_val_fmt=info%3Aofi%2Ffmt%3Akev%3Amtx%3Abook&rft.genre=book&rft.btitle=BMW.+%D0%9F%D0%BE%D0%BB%D0%BD%D0%B0%D1%8F+%D0%BA%D0%BD%D0%B8%D0%B3%D0%B0.+%D0%92%D1%81%D0%B5+%D0%BC%D0%BE%D0%B4%D0%B5%D0%BB%D0%B8+%D1%81+1950+%D0%B3%D0%BE%D0%B4%D0%B0&rft.au=%D0%A2%D0%BE%D0%BD%D0%B8+%D0%9B%D1%8C%D1%8E%D0%B8%D0%BD.&rft.date=%3Cstrong+class%3D%22error%22%3E%3Cspan+class%3D%22scribunto-error%22+id%3D%22mw-scribunto-error-0%22%3ELua+xatosi%3A+bad+argument+%232+to+%27formatDate%27%3A+invalid+timestamp+%27Yanvar%27.%3C%2Fspan%3E%3C%2Fstrong%3E&rft.pub=%C2%AB%D0%98%D0%B7%D0%B4%D0%B0%D1%82%D0%B5%D0%BB%D1%8C%D1%81%D1%82%D0%B2%D0%BE+%D0%A4%D0%90%D0%98%D0%A0%C2%BB&rft.place=%D0%9C.&rft.pages=23 &rft.isbn=978-5-8183-1358-0(rus.)">
- ↑ Тони Льюин.. BMW. Полная книга. Все модели с 1950 года. М.: «Издательство ФАИР», Lua xatosi: bad argument #2 to 'formatDate': invalid timestamp 'Yanvar'. — 10 bet. [[Maxsus:BookSources/978-5-8183-1358-0(rus.)|ISBN 978-5-8183-1358-0(rus.)]].<span class="Z3988" title="ctx_ver=Z39.88-2004&rft_val_fmt=info%3Aofi%2Ffmt%3Akev%3Amtx%3Abook&rft.genre=book&rft.btitle=BMW.+%D0%9F%D0%BE%D0%BB%D0%BD%D0%B0%D1%8F+%D0%BA%D0%BD%D0%B8%D0%B3%D0%B0.+%D0%92%D1%81%D0%B5+%D0%BC%D0%BE%D0%B4%D0%B5%D0%BB%D0%B8+%D1%81+1950+%D0%B3%D0%BE%D0%B4%D0%B0&rft.au=%D0%A2%D0%BE%D0%BD%D0%B8+%D0%9B%D1%8C%D1%8E%D0%B8%D0%BD.&rft.date=%3Cstrong+class%3D%22error%22%3E%3Cspan+class%3D%22scribunto-error%22+id%3D%22mw-scribunto-error-1%22%3ELua+xatosi%3A+bad+argument+%232+to+%27formatDate%27%3A+invalid+timestamp+%27Yanvar%27.%3C%2Fspan%3E%3C%2Fstrong%3E&rft.pub=%C2%AB%D0%98%D0%B7%D0%B4%D0%B0%D1%82%D0%B5%D0%BB%D1%8C%D1%81%D1%82%D0%B2%D0%BE+%D0%A4%D0%90%D0%98%D0%A0%C2%BB&rft.place=%D0%9C.&rft.pages=10 &rft.isbn=978-5-8183-1358-0(rus.)">
- ↑ „Акции BMW рекордно взлетели на слухах о скупке акций“. Корреспондент.net по материалам Reuters (25-iyul 2011-yil). Qaraldi: 31-yanvar 2013-yil.
- ↑ „Стало известно, сколько авто в год планирует выпускать BMW | Новости“. 12-fevral 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-iyun 2022-yil.
- ↑ Льюин, Тони. BMW. Полная книга. Все модели с 1950 года, 2000 экз, М.: ФАИР, Lua xatosi: bad argument #2 to 'formatDate': invalid timestamp 'Yanvar'. — 370 bet. ISBN 978-5-8183-1358-0.
- ↑ Colin Barrow. The 30 Day MBA in International Business: Your Fast Track Guide to Business Success. Kogan Page Publishers, Lua xatosi: bad argument #2 to 'formatDate': invalid timestamp 'Yanvar'. — 77 bet. ISBN 9780749462147.
- ↑ Nick Gibbs. „Audi, BMW, Mercedes look for edge with virtual showrooms“ (en). Automotive News Europe (14-mart 2013-yil). Qaraldi: 20-mart 2013-yil. [sayt ishlamaydi]
- ↑ „Volkswagen и BMW наказали за загрязнение планеты“. lenta.ru. Qaraldi: 8-iyul 2021-yil.
- ↑ „В ФРГ экологи подали в суд на BMW и Mercedes-Benz“. ТАСС. Qaraldi: 21-sentabr 2021-yil.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Pierer, Christian. Die Bayerischen Motoren Werke bis 1933: Eine Unternehmensgründung in Krieg, Inflation und Weltwirtschaftskrise. — München: Oldenbourg Verlag, 2011. — 270 s. — ISBN 978-3-486-70400-6.
- Werner, Constanze. Kriegswirtschaft und Zwangsarbeit bei BMW: Im Auftrag von MTU Aero Engines und BMW Group. — München: Oldenbourg Verlag, 2006. — 457 s. — ISBN 3-486-57792-1.
- Льюин Т. BMW. Полная книга. Все модели с 1950 года / Тони Льюин. — Пер. с англ. К. Ткаченко. — М.: «Издательство ФАИР», 2008. — 384 с.: ил. Научный редактор: С. В. Канунников, руководитель отдела испытаний науки и техники журнала «За рулем». ISBN 978-5-8183-1358-0 (рус.) ISBN 0-7603-1951-0(Inglizcha)
- The history of the BMW Group: 100 years of fascination for mobility (англ.). — Munich: BMW Media-information, 2016. — March. — P. 41. Архивировано 7 февраля 2019 года.