Baxtiyoriilar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Baxtiyoriilar — Eronning asosan jan.-gʻarbi (Baxtiyoriya)da yashovchi koʻchmanchi va yarim koʻchmanchi qabilalar. Soni I mln. kishi (1992). B. fors tilida soʻzlashadi. Islom diniga eʼtiqod qilishadi. B.da qabila-urugʻchilik tartiblari hanuzgacha saqlangan. B. asosan ikki uyushma (haftlanglar va chahorlanglar) ga boʻlingan. Uyushmalarni ilxonlar, urugʻlarni esa xonlar boshqaradi. B. Eronning eng qad. xalqlaridan boʻlib, markaziy hokimiyatga boʻysunmay, doimo mustaqil hayot kechirib kelgan. B. asosan chorvachilik — qoʻy, echki boqish va qisman dehqonchilik bilan shugʻullanadi. B.ning bir qismi Jan. Erondagi neft sanoatida ishlaydi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil