Amin Baxiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Baxiyev Amindan yoʻnaltirildi)

Amin Baxiyev (1937.15.5, Qorakalpogʻiston Respublikasi, Kegeyli tumani — 2014.27.8) — geobotanik, ekolog olim. Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (2000). Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi. Biol. fanlari doktori (1981), Qoraqalpogʻiston davlat ped. institutini tugatgan (1961). Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpogʻiston filiali botanika sektorining mudiri (1972 — 83), filial Prezidiumi raisining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari (1984-yildan), ayni vaqtda geobotanika laboratoriya mudiri, Tabiiy fanlar kompleks instituti direktori (1991-yildan). B. Amudaryoning quyi qismidagi oʻsimliklar qoplamini oʻrgangan va hamkorliksa geobotanik haritalar tuzish usullarini ish-lab chiqqan (shu asosda „Amudaryo quyi qismining hozirgi oʻsimliklar qoplami“ nomli harita tuzilgan). Ilmiy faoliyati Orol dengizi atrofidagi oʻsimliklar qoplamini saqlab qolish hamda dengizning qurishi bilan bogʻliq muammolarni bartaraf etishga bagʻishlangan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil