Batut

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Batut (batud) (frans. batoude, ital. battuta, aynan — zarba) — toʻrtburchak shaklli, atrofi poʻlat prujinalar yoki rezinalar bilan mahkam tortilgan "sim krovat"ga oʻxshash sakrashga moʻljallangan anjom. Undan akrobatlar, suvga sakrovchilar, gimnastlar foydalanadi. B.ning uz. 5 m, eni 1,5 m, poddan balandligi 1,2 m. B.da sakrash (yakka va sinxron juftlik) — sport turi. AQShda kelib chiqqan. Xalqaro federatsiyaga 1964 y. asos solingan, 40 ga yaqin mamlakat aʼzo (1991). 1964 y.dan jahon birinchiligi oʻtkazib kelinadi.

Oʻzbekistonga B.da sakrash (trampolin) yangi sport turi sifatida 1972 y. kirib kelgan. 1984 y. Toshkentdagi 3-bolalar va oʻsmirlar sport maktabida ilk bor B. boʻlimi ochildi. T. Miroqilov B.dan birinchi sport ustasi boʻldi (1981). Oʻzbekistonlik D. Polyarush oʻsmirlar oʻrtasida Yevropa chempionatining oltin medalini qoʻlga kiritdi (1987). Yana besh marta shu qita birinchiligi gʻolibi boʻldi. 1990 y. Germaniyada boʻlgan jahon chempionatida 2 oltin va 1 kumush medal oldi, 1997 y. esa Kanadada ikkinchi marta jahon kubogini qoʻlga kiritdi. Sportning ana shu turida erishgan muvaffaqiyatlari uchun D. Polyarush xizmat koʻrsatgan sport ustasi, N. Jihareva (N. Aydinova) "Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan trener" unvoniga sazovor boʻlgan (1991).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil