Batometr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Batometr — suvning kimyoviy va fizikaviy xossalarini tekshirish, undagi organik hamda anorganik koʻshilmalarini aniqdash maqsadida tabiiy suv havzalaridan muayyan chuqurlikda namuna oladigan asbob. Tez toʻladigan va sekin toʻladigan xillari boʻladi. Tez toʻladigan dengiz B. ichi boʻsh metall silindr boʻlib, qopqoq va termometr bilan taʼminlanadi. Oddiy shisha idish sekin toʻladigan B. vazifasini oʻtaydi. Shisha idish maʼlum chuqurlikka tushirilib, tiqini maxsus chilvir yordamida ochiladi va suv toʻlgach, tortib olinadi. Bulardan tashqari tub (chuqurlik) B. ham boʻladi. U bilan daryo tubidagi oqiziqlar tutib olinadi va suvdagi muz kristallari miqdori oʻlchanadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil