Batial

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Batial zonadan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Batial (yun. bathys — chuqur), batial zona — Dunyo okeaninin g sublitoral va abissal (chuqur) qismlari oraligidagi zona (chuq. 200 m dan 3000 m gacha). Geomorfologik jihatdan materik yon bagʻri zonasiga toʻgʻri keladi. Okean maydonining 1/5 qismini B. egʻallaydi. B.da okean tubi relyefi juda notekis; suv temperaturasi va shoʻrligi yil davomida deyarli oʻzgarmaydi. Chuqur suv ostida yashashga moslashgan baliqlar, mollyuskalar va boshqa jonivorlar uchraydi. Organizmlar orasida hayvonlar koʻproq. Yorugʻlik kam boʻlganidan oʻsimlik juda oz (qarang Batial yotqiziqlar).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil