Basklar mamlakati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Avtonom Jamoat
Basklar mamlakati
Basque Country in Spain (zoom) (plus Canarias).svg
Bayroq Gerb
Bayroq Gerb
Mamlakat Ispaniya
Maydoni 7,234 km²
Aholisi 2,189,534 nafar (2016)
Zichlik 300 kishi/km²
Vaqt mintaqasi UTC+1, yozda UTC+2

Basklar mamlakati (Baskoniya; baskcha — Euskadi) — Ispaniyaning muxtor tarixiy viloyati. Atlantika okeanining Biskay qoʻltigʻi yonida. Maydoni 7,3 ming km². Aholisi 2,1 mln. kishi (1992), aksariyati basklar. Maʼmuriy markazi — Viktoriya shahri Biskay, Gipuskoa va Alava provinsiyalarini oʻz ichiga oladi. Miloddan avvalgi 1-asr — milodiy 5-asr oʻrtalarigacha basklar egallagan hudud. Rimga faqat nomigagina qaram boʻlgan. Pireneya ya. o.da vestgot va arablar hukmronligi davrida ham basklar mustaqil, erkin boʻlib qolgan; Rekonkista tayanchi boʻlgan. 11 — 15-asrlarda Basklar mamlakati Navarra va Kastiliya hukmronligi ostida, 15-asr oxiri va 16-asrlarda Ispaniya davlati tarkibiga kirgan va 1876 y.gacha maʼlum darajada oʻz muxtoriyatini saqlab qolgan. 1936 y.da muxtor r-n maqomini oldi va Basklar mamlakati deb nomlandi. 1939 y. da Basklar mamlakati muxtoriyati bekor qilindi. 1978 y.gi konstitutsiyaga binoan vaqtincha, 1980 y. yanvardan yana doimiy muxtoriyatga erishdi.

Tabiati. Basklar mamlakati Kantabriya togʻlarining (mutlaq balandligi 1000 – 1500 m) sharqiy qismida. Sohil qismi tepaliklardan iborat. Iqlimi moʻʼtadil dengiz iqlimi, yillik yogʻin 1200 mm. Daryolari (Urumea, Deva va Nervon) qisqa va sersuv, Biskay qoʻltigʻiga quyiladi. Togʻ yon bagʻirlarida dub, qora qayin, kashtan oʻsadi.

Xoʻjaligi. Basklar mamlakati Ispaniyaning iqtisodiy jihatdan rivojlangan viloyati. Qoʻrgʻoshin, pyx va temir rudasi, kaolin va marmar kabi foydali qazilmalari mavjud. Qora metallurgiya sanoati rivojlangan. Turli xil mashinasozlik: lokomotivsozlik, kemasozlik, stanoksozlik sanoati korxonalari bor. Basklar mamlakati — Ispaniyaning elektrotexnika uskunalari ishlab chikaradigan asosiy rni, kimyo (kokskimyo), sement, qogʻoz, baliq konserva sanoatlari ham taraqqiy qilgan. Sanoat korxonalari asosan dengiz boʻyida (ayniqsa Bilbao shahri va uning atrofida, San-Sebastyan, Eyvar shaharlarida) joylashgan. Dengiz boʻyi r-nlari goʻsht-sut yetishtirishga ixtisoslashgan, ichki r-nlarida koʻproq dehqonchilik qilinadi. Tokchilik va vinochilik rivojlangan. Dengizdan baliq ovlanadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil