Bashshar Ibn Burd

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Bashshar Ibn Burd (714, Basra -783, Bagʻdod) — arab shoiri. Asli fors boʻlib, yoshligidan koʻzi koʻr boʻlgan. Basra va Bagʻdodda yashab, arab va fors tillarida ijod qilgan. Muhabbat lirikasining ustasi, maqtov-madhiya va hajviy mazmundagi sheʼrlar mualli-fi. Arab sheʼriyatidagi anʼanaviy qoidalarni buzib, "yangicha uslub"ning asoschisi boʻlgan. Ochiqchasiga zar-dushtiylik gʻoyalarini targʻib qilgani, binobarin, "axloqsizligi" uchun 744 y.dan ona shahridan quvgʻin qilingan. Iroq boʻylab sarson-sargar-don boʻlib yurib, 762 y.da Basraga qaytib kelgan. Xalifa al-Mahdiyning saroy (maddoh) shoiri boʻlishga hara-kat qilgan. Vazir Yaʼqub ibn Dovud haqidagi zaharxanda hajviyasi uchun xalifa amriga koʻra kaltaklab oʻldi-rilgan. B. ibn B. haqida koʻplab lati-falar toʻqilgan; ular Abulfaraj isfahoniyning 20 j.li "Al-agʻoni ulkabir" ("Qoʻshiqlar katta kitobi")da saqlanib qolgan.