Kontent qismiga oʻtish

Bas-Uélé

Koordinatalari: 2°48′20″N 24°44′26″E / 2.80556°N 24.74056°E / 2.80556; 24.74056
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bas-Uélé
Skyline of Bas-Uélé
2°48′20″N 24°44′26″E / 2.80556°N 24.74056°E / 2.80556; 24.74056
Mamlakat Kongo Demokratik Respublikasi
Asos solingan 2015
Rasmiy til(lar)i Fransuz
Aholisi
 (2005 est.)
1 093 845
Vaqt mintaqasi UTC+2
Bas-Uélé xaritada
Bas-Uélé
Bas-Uélé

Bas-Uélé (fransuzcha „Quyi Uélé“) Kongo Demokratik Respublikasining 2015 yilda qayta boʻlinishda yaratilgan 21 ta yangi viloyatlaridan biridir. Bas-Uélé, Haut-Uéle, Ituri va Tshopo viloyatlari sobiq Sharqiy vloyatning parchalanishi natijasidir[1]. Bas -Uele Bas-Uele okrugidan tashkil topgan boʻlib, Buta shahri yangi viloyatning poytaxti sifatida koʻtarilgan[2].

Bas-Uélé shimoli-sharqda Uele daryosi boʻyida joylashgan (viloyatning fransuzcha nomi „Quyi Uélé“ degan maʼnoni anglatadi). Viloyat quyidagi hududlarni oʻz ichiga oladi[3].

  • Aketi
  • Ango
  • Bambesa
  • Bondo
  • Buta
  • Poko

2007 yilda 900 000 aholiga ega boʻlgan Bas-Uéle viloyati aholisining koʻpchiligi azandaliklardir . Bu viloyatda Boa, Bakere, Balele, Bakango, Babenza va boshqalar kabi boshqa xalqlar ham yashashadi..Ular asosan dehqonchilik va ovchilik, bazida daryo savdosi bilan shugʻullanishadi[4].

3 kishi halok boʻlgani va olti kishi Ebola virusi bilan gumon qilingani haqida xabar berilgan. Mamlakat Ebola epidemiyasi boshlanganini eʼlon qildigan[5].

  1. „Découpage territorial : procédures d'installation de nouvelles provinces“ (fr). Radio Okapi (2015-yil 13-iyul). 2015-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 5-iyun.
  2. „Provinces of the Democratic Republic of Congo“. Statiods.com.
  3. X. Blaes, PNUD-SIG. „Découpage administratif de la République Démocratique du Congo“. UNOCHA and PNUD (2008-yil oktyabr). 2010-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 22-noyabr.
  4. Emizet F. Kisangani, F. Scott Bobb. Historical Dictionary of the Democratic Republic of the Congo. Scarecrow Press, 2010 — 45-bet. ISBN 978-0-8108-5761-2. 
  5. Hodal, Kate. „Ebola outbreak declared in Democratic Republic of the Congo after three die“ (en-GB). The Guardian (2017-yil 12-may). Qaraldi: 2017-yil 13-may.