Bartolinit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bartolinit - qin (diloq) dahlizidagi katta Bartolin bezlarining yalligʻlanishi. Kasallik qoʻzgʻatuvchi mikroblar: gonokokk, streptokokk, stafilokokklarning bez yoʻllariga kirishi sabab boʻladi. Gonokokklar qoʻzgʻatgan B. (soʻzak B. i)da koʻpincha bez yoʻllarining har ikki tomon i yalligʻlanadi. Uz vaqtida davo qilinmasa, bez yoʻlining yalligʻlanib boʻrtishi natijasida teshigi berkilib, yiring toʻplanadi, yaʼni Bartolin bezining abssessi paydo boʻladi, bunda qattiq ogʻriq seziladi, harorat koʻtariladi, baʼzan tovuq tuxumidek shish paydo boʻladi. Abssess oʻz-oʻzidan yorilishi ham mumkin, bunda ogʻriq yoʻqolib, harorat normallashadi, lekin maʼlum vaqt oʻtgandan soʻng yorilgan joy berkilib, abssess yana qaytarilishi va oqma hosil boʻlishi mumkin. Shuning uchun qin dagʻlizi sohasida deyarli ogʻriqsiz kichik boʻrtma (doʻmboqcha) paydo boʻlishi bilan shifokorga koʻrinish lozim. Aks holda kasallik ogʻir asoratlarga olib kelishi mumkin.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil