Barrai koʻhna karvonsaroyi
Qiyofa
| Barrai koʻhna karvonsaroyi | |
|---|---|
| Umumiy maʼlumot | |
| Maqomi | Madaniy meros yodgorligi |
| Turi | Karvonsaroy |
| Joylashuvi | Buxoro viloyati |
| Manzili | Arabon koʻchasi |
| Shahar | Buxoro |
| Mamlakat | Oʻzbekiston |
| Qurilishi boshlangan | XVIII asr oxiri / XIX asr boshlari |
| Qurilishi tugagan | XVIII asr oxiri / XIX asr boshlari |
Barrai koʻhna karvonsaroyi — Oʻzbekistonning Buxoro shahri tarixiy markazidan yoʻqotilgan madaniy meros yodgorligi. Oʻzbekiston moddiy va madaniy merosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan — davlat muhofazasiga olingan[1], lekin 2019—2020-yillarda yoʻq qilib yuborilgan[2].
1920-yilgi Buxoro inqilobiga qadar unda qorakoʻl terisi ulgurji savdosi bilan shugʻullanilgan. Keyinchalik binoda yotoqxona, shaharning moliya boʻlimi, 1-sonli shahar poliklinikasi joylashgan. 2019—2020-yillarda karvonsaroy yoʻqotilib, oʻrnida shaxsiy mehmonxona qurila boshlangan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi 846-sonli qarori“. Lex.uz (2019-yil 4-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 18-yanvar.
- ↑ 2,0 2,1 „Караван-сарай Барра-и кухна“. Rusrav.uz (2018-yil 17-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 18-yanvar.
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
