Baroqgom qalʼasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Baroqgom qal’asidan yoʻnaltirildi)

Baroqgom qalʼasi - Qoraqalpogʻistondagi Oqchadaryo mansabining shim. dagi kalʼa harobasi (45- a.lar). S. P. Tolstov rahbarligidagi Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi tekshirgan (1945 — 46,1949,1956). Baroqgom qalʼasi ikki qavatli qasr (18x17 m) va hovli (100x100 m)dan iborat. Hovli markazidagi qasr binosi xom gʻisht va paxsadan qurilgan. Ikkala qavatda ham bir nechtadan xona joylashgan. Ikkinchi qavatga pandus (koʻtarma yoʻl) orqali chiqilgan. Ikkinchi qavatidagi hashamatli xona (8,10×7,60 m)da tokchalar va keng supalar boʻlgan. Supalar sathidan rangdor jun gilam qoldiqlari topilgan. Xona oʻrtasida xom gʻishtdan ishlangan toʻrtburchak tarxli otashgoh boʻlgan. Baroqgom qalʼasi dan sopol idish (xumcha, koʻzacha va boshqalar)larning boʻlaklari, manqal topilgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil