Barguzin qoʻriqxonasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Barguzin qo‘riqxonasidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Barguzin qo‘riqxonasi –RF.ning Buryatiya Respublikasidagi biosfera qo‘riqxonasi. Barguzin tizmasining g‘arbiy yon bag‘rida. Barguzin qoʻriqxonasi Baykal ko‘lining shim.-sharqiy sohili va ko‘l suvining bir qismini o‘z ichiga oladi. Maydoni 374,3 ming ga, ko‘l akvatoriyasi maydoni 150 ming ga. Barguzin soboli (kish) ni qo‘riqlash va sonini ko‘paytirish uchun 1916 y. tashkil etilgan. Barguzin soboli, maral (Sibir bug‘usi), kabarga, qo‘ng‘ir ayiq, tosh karquri va boshqa, kulning qirg‘oqqa yaqin joylarida nerpa yashaydi. Tog‘ tilog‘och va igna bargli qora o‘rmonlar (qora qarag‘ay, oq qarag‘ay, kedrli sibir qarag‘ayi), tog‘ tundrasi va yalang tepalar keng tarqalgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Barguzin qoʻriqxonasi" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil