Barg dogʻlanishi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Barg dog‘lanishidan yoʻnaltirildi)

Barg dogʻlanishi - oʻsimliklarda zamburugʻ, virus, bakteriyalar ta’sirida paydo boʻladigan kasallik. Asosan, gʻoʻzada, shuningdek karam, sholgom, rediska, kanop, tamaki va boshqa ekinlarda hamda mevali daraxtlarda uchraydi. Bu kasallik bilan oʻsimlik bargi, tanasi, hosili zararlanadi. Zararlangan oʻsimlik bargiga sariq, qizil, qora, qoʻngʻir dogʻ tushadi va oʻsha joydagi toʻqimalar qurib qoladi. Gʻoʻzada uchraydigan Barg dogʻlanishi ga Macrosporium gossypii Locz. zamburugʻi sabab boʻladi, bunda dastlab mayda qizgʻish toʻgarak dogʻ paydo boʻlib, keyinchalik oqish hoshiya bilan oʻraladi. Beda bargida paydo boʻladigan qoramtir dogʻni askospora zamburugʻi keltirib chiqaradi. Quyosh nurining ta’siri va turli dorilarning normadan ortiq sepilishi natijasida ham Barg dogʻlanishi mumkin. Oʻsimliklarning chidamli navlarini ekish, agrotexnika qoidalariga qattiq rioya qilish, dogʻlanishning boshlanishi davrida ekinga 1% li bordo suyuqligi purkash yoʻli bilan Barg dogʻlanishiga qarshi kurash olib boriladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Barg dogʻlanishi" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil