Barg dogʻlanishi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Barg dog‘lanishi - o‘simliklarda zamburug‘, virus, bakteriyalar ta’sirida paydo bo‘ladigan kasallik. Asosan, g‘o‘zada, shuningdek karam, sholgom, rediska, kanop, tamaki va boshqa ekinlarda hamda mevali daraxtlarda uchraydi. Bu kasallik bilan o‘simlik bargi, tanasi, hosili zararlanadi. Zararlangan o‘simlik bargiga sariq, qizil, qora, qo‘ng‘ir dog‘ tushadi va o‘sha joydagi to‘qimalar qurib qoladi. G‘o‘zada uchraydigan Barg dogʻlanishi ga Macrosporium gossypii Locz. zamburug‘i sabab bo‘ladi, bunda dastlab mayda qizg‘ish to‘garak dog‘ paydo bo‘lib, keyinchalik oqish hoshiya bilan o‘raladi. Beda bargida paydo bo‘ladigan qoramtir dog‘ni askospora zamburug‘i keltirib chiqaradi. Quyosh nurining ta’siri va turli dorilarning normadan ortiq sepilishi natijasida ham Barg dogʻlanishi mumkin. O‘simliklarning chidamli navlarini ekish, agrotexnika qoidalariga qattiq rioya qilish, dog‘lanishning boshlanishi davrida ekinga 1% li bordo suyuqligi purkash yo‘li bilan Barg dogʻlanishiga qarshi kurash olib boriladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Barg dogʻlanishi" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil