Barg bujmayishi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Barg bujmayishi - o‘simliklarda virus, zamburug‘, bakteriyalar ta’sirida paydo bo‘ladigan kasallik. Zararlangan o‘simlik yaxshi rivojlanmaydi, barg shapalog‘i och yashil tusga kirib, bujmaloqlashadi, sathi mayda dog‘lar bilan qoplanadi, mo‘rt bo‘lib qoladi. Barg bujmayishi g‘o‘za, kartoshka, beda, mevali daraxtlar, piyoz va boshqa o‘simliklarda uchraydi. Ingichka tolali g‘o‘za navlari ham bu kasallikka yo‘liqadi, poyasining yuqori qismidagi bo‘g‘im oralig‘i qisqarib, hosili 50% gacha kamayadi. Kasallik, asosan, hasharotlar orqali tarqaladi. Barg bujmayishi ga qarshi ekinzorga fungitsidlar, 1% li bordo suyukligi eritmasi purkaladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil