Barbara (qoʻshiqchi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Barbara (qoʻshiqchi)

Barbara Amsterdamda 1965-yil
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Monique Andrée Serf
1930-yil 9-iyun
Parijning 17-okrugi , Fransiya
Vafoti 1997-yil 24-noyabr (67 yoshda)
Neuilly-sur-Seine , Fransiya
Fuqaroligi Fransiya[1]
Janr Chanson, Fransuz popi
Amplua Qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis va aktrisa
Faoliyat yillari 1958–1996-yillar

Monique Andrée Serf (talaffuzi: Monik Andre Serf; 1930-yil 9-iyun1997-yil 24-noyabr)[2] Barbara taxallusi ostida tanilgan fransuz qoʻshiqchisi boʻlgan. U oʻz taxalusini Rossiya imperiyasining Odessa shahrida (hozirgi Ukraina) yashovchi buvisi Barbara Brodskiydan oldi. Barbara 1950-yillarning oxirida Parijda La Chanteuse de minuit („yarim tun qoʻshiqchisi“) nomi bilan mashhur kabareterga aylandi, u oʻz qoʻshiqlarini yozishni boshlashdan oldin, unga shu narsa shuhrat keltirdi. Uning eng mashhur qoʻshiqlari orasida „Dis, quand reviendras-tu?“ (1962), „Ma plus belle histoire d’amour“ (1966) va „L’Aigle noir“ (1970), ikkinchisi bor-yoʻgʻi oʻn ikki soat ichida 1 milliondan ortiq nusxada sotilgan. Barbara stansiyasi 2022-yil 13-yanvarda, 4-qatorning janubiy kengaytmasida ochildi. U oʻzining sharafiga nomlangan Parij metro stansiyasi yonidagi Cimetière parisien de Bagneuxga dafn etilgan.

Bolalalik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Parijdagi Rue Brochant koʻchasida yahudiy oilasida tugʻilgan Barbara bolaligida Parijning shimoli-gʻarbiy qismida yashagan. Keyin u 1938-yildan Roanda va 1941-yildan Tarbesda yashadi. Ikkinchi jahon urushida Germaniya Fransiyani bosib olganida Barbara 13 yoshda edi. Uning oilasi dirijyor Jan-Pol Penin oilasi tomonidan 1943-yildan 1945-yilgacha avval Preauxda, keyin esa Sen-Marselinda yashagan.

Urush tugagandan soʻng, Barbaraning oilasi 1946-yilda Parijga, 20-okrugdagi Vitruve koʻchasida qaytib keldi. Uning bolalikdagi orzusi pianinochi boʻlish edi, ammo qoʻlidagi muammo buni imkonsiz qildi. Unga tasalli berish uchun ota-onasi qoʻshiq darslari uchun pul toʻlashga rozi boʻlishdi. Uning qoʻshiq aytishini eshitgan mahalla musiqa professori uning isteʼdodini rivojlantirishga koʻmaklashishga qiziqib qoldi. Unga vokal darslari berildi va minimal darajada pianino chalishni oʻrgatdi; oxir-oqibat u 1947-yilda Musiqa oliy oʻquv yurtiga oʻqishga kirdi. Pul muammosi boʻlgan va u 1948-yilda musiqiy oʻqishni toʻxtatdi. U birinchi marta Mogador teatrida ishga qabul qilindi. Belgiyadagi faoliyatidan oldin, u erda Barbara Brodi taxallusi ostida ijro etgan. 1951-yil oxirida u 7-okrugdagi mashhur kabare-La Fontaine des Quatre Saisonsda tinglash uchun Parijga qaytib keldi. Biroq, u doimiy aktyor aʼzosi boʻlolmagani uchun u Bryusselga qaytib keldi. 1955-yilda u Parijga omadli holda qaytib keldi. U tobora ortib borayotgan tomoshabinlar bilan poytaxt boʻylab turli kabarelarda kuylashni boshladi.

Barbara urush va oilasining ogʻir ahvolidan qattiq qaygʻurdi. Bolalikda boshdan kechirgan boʻshliq hissi uning qoʻshiqlarida, xususan, „Mon Enfance“ da namoyon boʻldi.

Musiqa[tahrir | manbasini tahrirlash]

Reginald Grey tomonidan ishlangan Barbaraning Nyu-York Taymsdagi portreti

Uzun boʻyli Barbara qora kiyingan holatda yoʻqolgan sevgihaqida gʻamgin qoʻshiqlarini kuylagan. Otasi oilasini tashlab ketganidan soʻng, 1950-yildan 1951-yilgacha u Bryusselda yashadi hamda u yerda Sharleruaga tashrif buyurishdan oldin faol badiiy jamoaning bir qismiga aylandi. Bryusselda Barbara koʻplab rassomlar bilan doʻstlashdi. Uning rassom va yozuvchi doʻstlari eski uyida ustaxona va pianinoli konsert zali tashkil qildilar. U yerda Edit Piaf, Juliette Greko va Germeyn Montero qoʻshiqlarini ijro etdi. Barbaraning karyerasi asta-sekin rivojlandi va bu jarayonda u tirikchilik uchun doimiy kurash olib bordi.

Barbara Parijga qaytgach Jak Brel bilan uchrashdi va uning koʻplab qoʻshiqlarini kuylab, bir umrlik doʻst boʻldi. Keyinchalik u Jorj Brassens bilan uchrashdi va birinchi albomini yoza boshladi. 1950-yillarda u baʼzi kichik klublarda qoʻshiq kuyladi va oʻz muxlislariga rga boʻlishni boshladi, ayniqsa Lotin kvartalidagi yosh talabalar bilan uni sevib tinglashar edi. 1957-yilda u oʻzining birinchi qoʻshigʻini yozish uchun Bryusselga qaytib keldi, ammo 1961-yilda u Monparnasdagi Bobino musiqa zalida qoʻshiq kuylaganida haqiqiy shov-shuvga erishdi. U uzun qora xalat kiyib, hayratlanarli oʻyin koʻrsatdi, ammo parijlik tanqidchilar unga tabiiylik yoʻqligini va taqdimoti oʻta rasmiy ekanligini aytishdi. Barbara kichik klublarda chiqishni davom ettirdi va ikki yil oʻtgach, Theatre des Capucinesda u oʻzi yozgan yangi materialni kuylab, tomoshabinlar va tanqidchilar oldida muvaffaqiyat qozondi. Shu paytdan boshlab uning karyerasi gullab-yashnadi va u 1964-yilda Philips Records bilan katta shartnomani imzoladi.

Musiqiy taʼsirlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlab qoʻshiq mualliflari Mirey va Per Makorlan taʼsirida u oʻz uslubini rivojlantirdi. Soʻng oʻz qoʻshiqlarini yozish uning qiyofasini noyob qoʻshiqchi — qoʻshiq yozuvchisiga aylantirdi. 1960-yillarda u oʻzining „Ma plus belle histoire d’amour c’est vous“ („Mening eng goʻzal sevgi hikoyam sensan“) va „L’aigle noir“ kabi mashhur qoʻshigʻini yozdi. „Nant“, „Yakkaxonlik“, „Gyottingen“ va „Une petite cantate“ va „Dis, quand reviendras-tu?“ ni nemis tiliga belgiyalik-germaniyalik qoʻshiqchi — qoʻshiq muallifi Dide Tsezar tarjima qilgan. „Göttingen“ qoʻshigʻi (Gettingen nemis shahri nomi bilan atalgan) siyosatchining har qanday nutqidan koʻra urushdan keyingi nemis-fransuz yarashuviga koʻproq hissa qoʻshgani aytiladi[3].

Filmlardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1969-yilda u „La fiancée du pirate“ filmi uchun „Moi, je me balance“ qoʻshigʻini yozdi. U 1970-yilda „Madam“ sahna spektaklida oʻzining debyutini ijro qildi. 1971-yilda u Jak Brel bilan birgalikda u rejissorlik qilgan Frans nomli filmda rol oʻynadi. Ikki yil oʻtgach, u Jan-Klod Briali rejissorligidagi „L’Oiseau“ filmida rol oʻynadi. Uning soʻnggi roli 1975-yilda xoreograf Moris Bejartning „Je suis né à Venise“ filmida boʻlgan.

Hayotining soʻnggi yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1980-yillarning ikkinchi yarmida u OITSga qarshi kurashda faol ishtirok etdi. U „SID’Amour à mort“ qoʻshigʻini yozib oldi. 1988-yilda Fransiya hukumati uni Faxriy legion ordeni bilan taqdirladi. Umrining soʻnggi yillarida sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolar uning ijro etishiga toʻsqinlik qildi va u oʻz xotiralarini yozishga vaqt ajrata boshladi. Biroq, u 1996-yilda, 1997-yil 24-noyabrda Neuilly-sur-Seine shahrida (Parij chekkasida) nafas olish muammosidan vafot etishidan oldin, oʻn ikki soat ichida million nusxada sotilgan yana bir muvaffaqiyatli albomini yozdi. U oilaviy qabristonga dafn qilindi. Qabri Parij janubi-gʻarbidagi Cimetière de Bagneuxda joylashgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]