Barbados davlat madhiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Barbados davlat bayrog'i

 Barbados davlat madhiyasi
Soʻz muallif(lar)i Irving Burgie
Bastakor C. Van Roland Edwards
Qabul qilindi 1966 yil 30 noyabr

In Plenty and In Time of Need“ — Barbados davlatining milliy madhiyasi. Madhiya soʻzlari musiqachi Irving Burgie tomonidan yozilgan va C. Van Roland Edvards tomonidan bastalangan. 1958-yildan 1962-yilgacha Vest-Indiya federatsiyasining bir qismi sifatida Barbados davlati madhiyasi „Ozodlik muhabbati“ qoʼshigʼi boʻlishi kerak edi (hozirda bu Trinidad va Tobago milliy madhiyasi), ammo hozirgi madhiya Barbados harakatlari bilan yaratilgan. Madhiya 1966-yil 30-noyabrda mustaqillikka erishgandan soʻng qabul qilingan. Madhiya rasman qabul qilinishi esa qiyin kechgan.

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Madhiyani C. Van Roland Edvards (1912-1985) bastalagan. Qisman koʻr boʻlgan bastakor Edvardsga „In Plenty and In Time of Need“ kompozitsiyasida qizlari Nannette va Eullia yordam berishdi. Qoʻshiq soʻzlarini Nyu-Yorklik (Bruklin) musiqachi Irving Burgi (1924-2019) yozgan, uning onasi barbadoslik va otasi amerikalik hisoblanadi.[1] Bruce St. John, Frank Collymore, Enid Lynch, George Lamming, Gerald Hudson va John Fletcherlardan iborat qoʻmita Van Roland Edwards kompozitsiyasini milliy madhiya sifatida tanladi va Van Roland Edwards 500 barbados dollari bilan mukofotlandi.

Madhiya birinchi marta 1966-yil 30-noyabrda Mustaqillik kunida ijro etilgan.[2] 1967 yilda madhiya musiqasi qirollik Barbados politsiya guruhining inspektori Prince Cave tomonidan qayta tartibga solingan va asl ohangni saqlab qolgan holda unga yanada mustahkam uygʻunlik bergan.

Matn[tahrir | manbasini tahrirlash]

II I

I
In plenty and in time of need
When this fair land was young
Our brave forefathers sowed the seed
From which our pride is sprung
A pride that makes no wanton boast
Of what it has withstood
That binds our hearts from coast to coast
The pride of nationhood

Xor:
We loyal sons and daughters all
Do hereby make it known
These fields and hills beyond recall
Are now our very own
We write our names on history's page
With expectations great
Strict guardians of our heritage
Firm craftsmen of our fate

I
The Lord has been the people's guide
For past four hundred years.
With Him still on the people's side
We have no doubts or fears.
Upward and onward we shall go,
Inspired, exulting, free,
And greater will our nation grow
In strength and unity.

Madhiya boʻyicha qoidalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Barbados hukumati Davlat madhiyasi uchun quyidagi qoidalarni belgilaydi:

Madhiya ijrosi davomida harakat qilish[tahrir | manbasini tahrirlash]

1. Davlat madhiyasi yangraganda, hozir boʻlgan barcha tinch aholi eʼtiborida turishi va erkaklar bosh kiyimi yechilgan holatda boʻlishi kerak. Formadagi shaxslar koʻrsatmalarga muvofiq harakat qilishlari kerak.

Foydalanish qoidalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2. Davlat madhiyasi sheʼr yoki qoʻshiqda parodiya qilinmasligi va uni rasman tan olinganidan boshqa tempda ijro etish mumkin emas. Ayniqsa, kuydan raqs raqami sifatida yoki reklama maqsadida foydalanmaslik kerak.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Milliy madhiya“. https://www.gov.bb/. Qaraldi: 2-avgust 2022-yil.
  2. „Barbados Independence Celebration, 30 November 2015“. Distinctly Birmingham. Qaraldi: 2022-yil 15-aprel.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]