Barath Botond

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Barath Botond (talaffuzi: Barat Botond) — vengriyalik futbolchi, „Budapest Honvéd“ klubi va Vengriya terma jamoasining markaziy himoyachisi.

Barath BotondFutbol
Umumiy maʼlumotlari
Tugʻilgan 21-aprel 1992-yil(1992-04-21) (30 yosh)
Budapesht, Vengriya
Fuqaroligi Flag Vengrii Vengriya
Boʻyi 188 cm
Vazni 82 kg
Pozitsiyasi markaziy himoyachi
Klub haqida maʼlumotlari
Klub Flag Vengrii Budapest Honvéd
Raqami 36
Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Barath Botond professional faoliyatini Budapeshtning „Honvéd“ klubida boshlagan. U „Honvéd“ jamoasiga birinchi marta 2009-yil 16- mayda „Kecskeméti“ jamoasiga qarshi milliy chempionat oʻyini uchun ariza topshirgan. Barath Botond keyingi uch mavsumni asosan „Honvéd“ning ikkinchi jamoasida oʻtkazgan[1]. U 2010-yilning 10-martida „Debrecen“ga qarshi Vengriya Liga kubogi bahsida „Honvéd“ning asosiy jamoasida debyut qilgan[2]. Barath Botond chempionatdagi debyutini 2012-yilning 5- avgustida „Diósgyőr“ jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. 2012-yil 10-noyabrda „Egri“ jamoasiga qarshi oʻyinda u „Honvéd“ jamoasi uchun birinchi golini raqib darvozasiga kiritdi[3]. 2016-2017-yilgi mavsumda u „Honvéd“ klubiga 24 yil ichida birinchi liga chempionligini qoʻlga kiritishiga yordam bergan[4].

2018-yilning 18-dekabrida Barath Botond MLSning „Sporting Kansas City“ klubi bilan yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan ikki yillik shartnoma imzolagan[5][6]. Barath Botond „Sporting“ uchun debyutini 2019-yilning 3-martida „Los-Anjeles“ga qarshi mavsumning ochilish raundidagi oʻyinida oʻtkazgan[7][8]. 2019-yil 24-avgustda u „Sporting“ farm klubida „Swope Park Rangers“ USL chempionatida „New York Red Bulls II“ga qarshi oʻyinda oʻynagan[9]. 2019-yil 25-sentyabrda „Minnesota United“ jamoasiga qarshi oʻyinda u „Sporting“ uchun birinchi golini urgan[10][11].

2020-yil 11-iyulda Barath „Budapest Honvéd“ga qaytgan[12][13][14].

Xalqaro karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Barath Botond Vengriya terma jamoasidagi debyutini 2018-yilning 15-oktabr kuni UEFA Millatlar ligasining 2018-2019-yilgi mavsumida Estoniyaga qarshi o‘yinda o‘tkazdi[15].

Statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Kubog Liga kubogi Yevropa kubogi Total
O`yin Gollar O`yin Gollar O`yin Gollar O`yin Gollar O`yin Gollar
Honvéd
2009–2010 0 0 0 0 1 0 0 0 1 0
2010–2011 0 0 3 0 3 0 0 0 6 0
2011–2012 0 0 2 0 3 0 0 0 5 0
2012–2013 21 1 5 1 5 0 1 0 32 2
2013–2014 24 0 3 0 1 0 3 0 31 0
2014–2015 19 1 3 1 7 0 29 2
2015–2016 30 3 2 1 32 4
2016–2017 22 0 2 0 24 0
2017–2018 27 1 6 1 2 1 35 3
2018–2019 16 0 0 0 2 1 19 1
2020–2021 14 0 0 0 2 0 16 0
2021–2022 13 0 3 1 16 1
Jami 186 6 29 5 20 0 10 2 245 13
Umumiy karyerasi 186 6 29 5 20 0 10 2 245 13

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoaviy yutuqlari
Vengriya bayrogʻi „Budapest Honvéd“
  • Vengriya chempioni: 2016-2017

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Sporting KC signs Hungarian international defender to two-year deal“ (en). FOX Sports (2018-yil 18-dekabr). 2020-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 4-iyul.
  2. „MLS: újabb magyar Kansas Cityben, Baráth aláírt – hivatalos“ (hu). Nemzeti Sport (2018.12.18). 2020-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 4-iyul.
  3. Sam Kovzan. „Sporting KC signs Hungarian international defender Botond Barath“ (en). Sporting Kansas City (2018-yil 18-dekabr). 2020-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 4-iyul.
  4. Pór Károly. „Eltanácsolták az NB II-ből, bajnok lett az NB I-ben – hihetetlen kispesti történetek“ (hu). Nemzeti Sport (2017.06.07). 2020-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 4-iyul.
  5. Dylan Butler. „Sporting Kansas City sign Hungarian international Botond Barath“ (en). MLSsoccer.com (2018-yil 18-dekabr). 2020-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 4-iyul.
  6. Sam McDowell. „Sporting KC signs Hungarian defender to two-year contract“ (en). The Kansas City Star (2018-yil 18-dekabr). 2018-yil 19-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 4-iyul.
  7. Sam Kovzan. „Recap: Sporting opens MLS campaign with late 2-1 loss at LAFC“ (en). Sporting Kansas City (2019-yil 3-mart). 2021-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 4-iyul.
  8. Sam McDowell. „Los Angeles FC stuns Sporting KC seconds before final whistle in MLS opener“ (en). The Kansas City Star (2019-yil 3-mart). 2019-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 4-iyul.
  9. Patrik Bergabo. „Recap: 10-man Rangers suffer 5-1 defeat to New York Red Bulls II“ (en). Sporting Kansas City (2019-yil 24-avgust). 2020-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 4-iyul.
  10. Sam Kovzan. „Recap: Botond Barath on target as Sporting suffers late 2-1 loss to Minnesota United FC“ (en). Sporting Kansas City (2019-yil 25-sentyabr). 2020-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 4-iyul.
  11. „MLS: nem ért pontot Baráth Botond első gólja – videó“ (hu). Nemzeti Sport (2019.09.26). 2020-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 4-iyul.
  12. Kurt Austin. „Sporting agree to transfer Botond Barath to former club Budapest Honved FC in Hungary“ (en). Sporting Kansas City (2020-yil 11-iyul). 2020-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-iyul.
  13. „Sporting Kansas City transfer Botond Barath back to former club in Hungary“ (en). MLSsoccer.com (2020-yil 11-iyul). 2020-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-iyul.
  14. „NB I: Baráth hazatér az MLS-ből, a Honvédnál folytatja – hivatalos“ (hu). Nemzeti Sport (2020.07.11). 2020-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-iyul.
  15. Bodnár Zalán. „Három góllal sem sikerült három pontot szerezni Észtországban“ (hu). Nemzeti Sport (2018.10.15). 2020-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 4-iyul.