Bar-Ilan universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bar-Ilan universiteti
(BIU)
Shiori Bugungi kun ertangi kunga ta'sir qiladi
Asos solingan 1955-yil
Oʻquv yurti turi davlat universiteti
Prezident Arie Zaban
Rektori Amnon Albeck
Talabalari 20 000 ta
Akademiklar 1 250 ta
Fan doktorlari 2 200 ta
Kampusi Shahar
Manzili 32°4′4″N 34°50′33″E / 32.06778°N 34.84250°E / 32.06778; 34.84250 G O Ramat Gan, Isroil
Vebsayti biu.ac.il
Fayl:Bar Ilan logo2.svg

Koordinatalari: 32°4′4.0000000007927″N 34°50′33.000000000004″E / 32.067777777777997983°N 34.84250000000000114°E / 32.067777777777997983; 34.84250000000000114 G O


Bar-Ilan universiteti (BIU) — Isroilning Ramat Gan shahri Tel-Aviv tumanidagi davlat tadqiqot universiteti. 1955-yilda tashkil etilgan Bar-Ilan universiteti Isroilning ikkinchi yirik ilmiy muassasasi hisoblanadi. Universitetda 20 mingga yaqin talaba va 1350 nafar professor va oʻqituvchilar ishlaydi.

Bar-Ilan universitetining vazifasi yahudiy anʼanalarini zamonaviy texnologiyalar bilan uygʻunlashtirish hisoblanadi.Shuning uchun universitet akademik taʼlim berish bilan birga barcha talabalarga yahudiy tarixi va anʼanalarini oʻrgatishga intiladi"[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bar-Ilanning birinchi bitiruvchilari, 1959-yil

Bar-Ilan universiteti 1950-yilda Atlantada boʻlib oʻtgan Mizrahi tashkilotining yigʻilishida tashkil etilgan. Amerikalik pravoslav ravvin va oʻqituvchi, 1955-yildan 1957-yilgacha universitet prezidenti boʻlgan professor Pinkhos Churgin Bar-Ilan universitetiga asos solgan. Pinkhos Churgindan keyin 1957-yildan 1967-yilgacha Joseph H. Lookstein universitet prezidenti boʻlgan[2]. Bar-Ilan universiteti 1955-yilda ochilganida „The New York Times“ jurnali tomonidan „Isroil Respublikasi va Amerika oʻrtasidagi madaniy aloqa sifatida“ tasvirlangan edi[3]. Keyingi prezidentlar Max Jammer (1967—1977), Emanuel Rackman (1977—1986), Michael Albeck (1986—1989), Ernest Krausz (1989), Zvi Arad (1989—1992) va Shlomo Eckstein (1992—1996) edi.

Universitet diniy sionistlar yetakchisi, uning tashkil etilishiga ilhom baxsh etgan ravvin Meir Bar-Ilan (aslida Meir Berlin) sharafiga nomlangan. Garchi Meir Bar-Ilan Berlindagi pravoslav seminariyalarida taʼlim olgan boʻlsa-da, u dunyoviy akademik tadqiqotlar va diniy Tavrotni oʻrganish boʻyicha ikki tomonlama oʻquv dasturini taʼminlaydigan muassasaga ehtiyoj borligiga ishongan.

BIU talabalari yahudiy va yahudiy boʻlmagan talabalarga boʻlinadi.

Universitetda bitiruvchi talabalardan yahudiyshunoslik boʻyicha kamida oʻnta kursni oʻrganish talab qilinadi[4].

Yitzhak Rabinning qotili Yigal Amir Bar-Ilan universitetida huquq va informatika fakulteti talabasi boʻlgan.Uning qilmishi tufayli Bar-Ilan universiteti „universitet siyosiy ekstremizm oʻchogʻiga aylangan“ degan ayblovga duchor boʻlgan. 1995-yilgi suiqasddan keyin universitet amalga oshirgan tadbirlardan biri chap qanot va oʻng qanot talabalar oʻrtasidagi muloqotni ragʻbatlantirish va yaxshilash edi[5][6].

Universitet prezidenti Moshe Kaveh (1996—2013) davrida Bar-Ilan universiteti kampusining shimoliy tomoniga yangi binolar qoʻshilib, hududi kengaytirildi. Yangi fan dasturlari, jumladan, multidisipliner miya tadqiqot markazi[7] va nanotexnologiyalar markazi joriy etildi[8]. Universitet arxeologiya sohasini rivojlantirishni oʻzining ustuvor yoʻnalishlaridan biri deb biladi.Bu yoʻldagi qadamlarga Tell es-Safi — Gath arxeologik qazilmalari[9] va yaqinda ochilgan Bar-Ilan universiteti — Weizmann fan instituti arxeologiya qazishmalari kabi qoʻshma dasturlarni misol qilishimiz mumkin[10].

2008-yilda Bar-Ilan universitetining yuridik fakulteti bitiruvchilari Isroildagi advokatlik imtihonlarida eng yuqori ball toʻplashgan.Bu voqea turli gazeta va jurnallarning ilk sahifasidan oʻrin egallagan[11]. Daniel Hershkowitz 2013-yildan 2017-yilgacha universitet prezidenti boʻlgan[12].

Arie Zaban 2017-yilda universitet prezidenti boʻldi[13].

Akademiklar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bar-Ilan universitetida toʻqqizta fakultet mavjud: aniq fanlar, hayot haqidagi fan, ijtimoiy fanlar, taʼlim, gumanitar fanlar, yahudiy tadqiqotlari, tibbiyot, muhandislik va huquq. Shuningdek, fanlararo tadqiqotlar boʻlimi ham mavjud. Bakalavriat darajasida barcha talabalardan yahudiy fanlari boʻyicha oʻnta kurs talab qilinadi.

Bar-Ilan universiteti bir nechta maxsus dasturlarni taklif etadi. Jumladan, xalqaro bakalavriat dasturi[14].Bu dastur toʻliq ingliz tilida oʻqitiladi va Isroil davlatida toʻliq ingliz tilida oʻqitiladigan toʻliq bakalavriat dasturini taklif qiluvchi birinchi universitet dasturi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda bakalavr talabalari ijtimoiy fanlar boʻyicha biror trekni tanlashlari mumkin. Universitetda talabalar iqtisod, siyosat va sotsiologiya boʻyicha makro trekni[15][16], kriminologiya, psixologiya va sotsiologiya, boʻyicha mikro trekni[16] yoki aloqa boʻyicha mutaxassisligi[17]. ingliz adabiyoti va siyosatshunoslik boʻyicha kichik dasturlardan birini tanlashlari mumkin.

Bundan tashqari, Bar-Ilan universiteti Isroil kollejlariga yangi immigrantlarni tayyorlaydigan tayyorgarlik dasturini taklif qiladi. Universitet shuningdek, „Tochnit Torah Im Derech Eretz“ deb nomlangan bir yillik chet el dasturini olib boradi. Bu dastur ertalab anʼanaviy kollel Tavrot tadqiqotlarini (erkaklar va ayollar uchun alohida), tushdan keyin umumiy universitet tadqiqotlarini va yahudiy tarixi darslarini birlashtiradi. Universitet oʻqish dasturlarida roʻyxatdan oʻtgan koʻplab amerikalik talabalar yahudiylarni oʻrganish talablarini bajarish uchun ushbu yahudiy tarixi darslarini oladilar.

Bar-Ilan universiteti nevrologiyaga yoʻnaltirilgan Gonda koʻp tarmoqli miya tadqiqot markazi kabi bir nechta tadqiqot institutlariga ega.

Mukofotlar va eʼtirof[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bar Ilan Responsa loyihasi 2007-yilda Isroil mukofoti bilan taqdirlangan[18]. Universitetning Injil loyihasi byudjetni doimiy ravishda qisqartirish tufayli yoʻq boʻlib ketish xavfi ostida qolmoqda[19].

Biznes maktabi sifatida Bar-Ilan 2010-yil QS Global 200 Biznes maktablari reytingida Afrika va Yaqin Sharqdagi biznes maktablar ichida toʻrtinchi oʻrinni egallagan[20].

Taniqli bitiruvchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Zvi Arad (1942—2018) — matematik, Bar-Ilan universiteti prezidenti vazifasini bajaruvchi Netanya akademik kolleji prezidenti.
  • Ami Ayalon — Shin Betning sobiq rahbari va Isroil Mehnat partiyasida Knesset aʼzosi.
  • Michael Ben-Ari — isroillik siyosatchi va ilgari Isroil Milliy ittifoq partiyasida Knesset aʼzosi boʻlgan.
  • Kotel Da-Don — Zagrebdagi Bet Israel jamoasining xorvat pravoslav ravvini.
  • Avi Dichter — sobiq ichki mudofaa vaziri. Shin Betning sobiq direktori.
  • Yuval Diskin — Isroil Ichki xavfsizlik xizmati Shin Betning 12-direktori.
  • Esther Farbstein — Holocaust olimi
  • Tzipi Hotovely — Isroil diplomati va sobiq siyosatchisi, Isroilning Buyuk Britaniyadagi hozirgi elchisi. Ilgari tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari, aholi punktlari vaziri va Likud partiyasida Knesset aʼzosi boʻlgan.
  • Gila Gamliel — Likud partiyasining isroillik siyosatchisi. Ilgari ijtimoiy tenglik vaziri va atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri boʻlgan.
  • Anat Guetta — 2018-yildan beri Israel Securities Authority (Isroil Qimmatli qogʻozlar boshqarmasi) (ISA) raisi[21].
  • Michael Harris' — 2012-yil aprel oyida "Maariv nashri tomonidan „Dunyoning 10 ta turli sohalarida eng muvaffaqiyatli isroilliklarning 10 nafari“ sifatida akademiklar sohasidagi eng yaxshi isroillik deb topildi.
  • Joseph Klafter — kimyoviy fizika professori, Tel-Aviv universitetining sakkizinchi prezidenti.
  • Joshua Kulp — Talmud olimi
  • Norman Lebrecht (1948-yilda tugʻilgan) — musiqa va madaniyat masalalari boʻyicha britaniyalik sharhlovchi va yozuvchi.
  • Tzipi Livni — isroillik huquqshunos va siyosatchi, 2009-yildan 2012-yilgacha muxolifat yetakchisi boʻlgan. Ilgari Adliya vaziri boʻlib ishlagan
  • Gadeer Mreeh (1984-yilda tugʻilgan) — Knessetga aʼzo boʻlgan darziylardan boʻlgan birinchi ayol.
  • Orit Peleg — Kolorado universiteti biofizika professori
  • Avi Weinroth — advokat, Isroildagi korporatsiyalar va davlat kompaniyalari vakili.
Tzipi Hotovely
Gila Gamliel
Tzipi Livni

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Higher Education in Israel: Bar-Ilan University, Jewish Virtual Library
  2. „Bar-Ilan Presidents | Bar Ilan University“. .biu.ac.il. Qaraldi: 18-fevral 2020-yil.
  3. „Bar-Ilan University“. Biu.ac.il (10-may 1955-yil). 27-sentabr 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-sentabr 2011-yil.
  4. לימודי יסוד ביהדות, biu.ac.il
  5. Wagner. „Bar-Ilan again forced to deal with the extremists in its midst“. Jerusalem Post. Qaraldi: 2-oktabr 2013-yil.
  6. Kalman. „A Bitter Return to Politics at Israel's Bar-Ilan U.“. The Chronicle of Higher Education. Qaraldi: 2-oktabr 2013-yil.
  7. „Gonda Multidisciplinary Brain Research Center, Bar Ilan University“. Biu.ac.il. Qaraldi: 29-sentabr 2011-yil.
  8. „Center for Advanced Materials and Nanotechnology. Bar-Ilan University“. Nanocenter.biu.ac.il. 2011-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-sentabr 2011-yil.
  9. „The Tell es-Safi/Gath Archaeological Project“. Dig-gath.org. 2009-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-sentabr 2011-yil.
  10. „Kimmel Center for Archaeological Science“. 2007-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-fevral 2016-yil.
  11. „Results of the Bar Exam 5.5.08 (Hebrew)“ (PDF). Israelbar.org.il. 2011-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-sentabr 2011-yil.
  12. „Bar-Ilan Presidents | Bar Ilan University“. .biu.ac.il. Qaraldi: 18-fevral 2020-yil.
  13. „Bar-Ilan Presidents | Bar Ilan University“. .biu.ac.il. Qaraldi: 18-fevral 2020-yil.
  14. „International B.A. Programs: Bar-Ilan University | Israel's premier university for Olim and Overseas students!International B.A. Programs: Bar-Ilan University | Israel's premier university for Olim and Overseas students!“. Biuinternational.com. Qaraldi: 30-oktabr 2013-yil.
  15. „Interdisciplinary Social Sciences – BIU InternationalInternational B.A. Programs: Bar-Ilan University“. Biuinternational.com. 2013-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-oktabr 2013-yil.
  16. 16,0 16,1 „Academic Tracks in the Social Sciences – BIU InternationalInternational B.A. Programs: Bar-Ilan University“. Biuinternational.com. 2013-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-oktabr 2013-yil.
  17. „International B.A. Program in Communication – BIU InternationalInternational B.A. Programs: Bar-Ilan University“. Biuinternational.com. 11-mart 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-oktabr 2022-yil.
  18. „The Bar Ilan Responsa Project (Global Jewish Database)“. Digento.de (18-noyabr 2002-yil). Qaraldi: 29-sentabr 2011-yil.
  19. Ilani. „Bar-Ilan University Bible project“. Haaretz.com (2-aprel 2008-yil). Qaraldi: 29-sentabr 2011-yil.
  20. „Top Business Schools“. TopMBA.com. 17-oktabr 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-sentabr 2011-yil.
  21. „ISA :: Ms.Anat Guetta“. www.isa.gov.il. 2022-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-oktyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]