Baqalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Baqasimonlardan yoʻnaltirildi)

Baqalar, baqasimonlar (Ranidae) — dumsiz, suvda hamda quruqlikda yashovchilar oilasi. Tanasining uz. 3 sm dan 20 sm, baʼzan 32 sm gacha. Tishlari yuqori jagʻlarida joy-lashgan. Tanasi ixcham, orqa oyoqlari nisbatan uzun (sakrovchi). 46 urugʻi 555 turi maʼlum. Jan. Amerika, Jan. Avstraliya va Yangi Zelandiyadan tashqari yer yuzining hamma qitalarida keng tarqalgan. Evolyatsiya jarayonida sodir boʻlgan adaptiv radiatsiya tufayli bu oila bir necha filogenetik guruhlarga, 8 kenja oilaga boʻlingan. Ularning asosiysi asl baqalar (Rana) urugʻi 200 turni, shu jumladan uz. 32 sm, ogʻirligi 3,5 kg keladigan goliaf baqasini (R. goliaph) va hoʻkiz-baqani oʻz ichiga oladi. Asl baqalarning orqa oyoqlaridagi barmoqlari orasida pardasi, tilining orqa erkin uchida ayrisi boʻladi. Oʻlja ushlayotgan baqalar tilining orqa tomonini otadi. Asl baqalar, yashil (oʻt) baqa (R. temporaria), hovuz baqasi (R. esculenta, yaʼni R. lessonae), oʻtkir tumshuq baqa (R. arvalis, yaʼni R. terrestris) Yevropaning sharqiy qismida uchraydi. Oʻrta Osiyo, jumladan Oʻzbekistonda asl baqalarning faqat bir turi — koʻl baqasi (R. ridibunda) tarqalgan. Bu tur Kavkaz, Qozogʻiston va Yevropa mamlakatlarida ham uchraydi. Koʻl baqasining suvda yashaydigan shakli yashil, quruqlikda yashaydigan shakllari esa qoʻngʻir tusda boʻladi. Baqalarning bir qancha turlari (oʻtkir tumshuq baqa, yashil baqa), suv havzalari yaqinidagi nam joylarda yashab, faqat koʻpayish davrida suvga tushadi, boshqalari (mas, koʻl baqasi) asosan suvda yashaydi va oʻrmon hamda dasht mintaqalaridagi suv havzalarida tarqalgan. Baqalar odatda juda harakatchan bulib, faol hayot kechiradi. Qanotli hasharotlar, yirik baqalar esa mayda umurtqalilar bilan oziqlanadi. Ayrim baqalar suv havzalari tubidagi balchikda, boshqalari quruqlikdagi pana joylarda yashaydi. Asosan suv havzalariga tuxum qoʻyib koʻpayadi. Urgʻochisi 500 dan 11 minggacha tuxum qoʻyadi. Koʻpchilik baqalar koʻpayish davrida har xil ovoz chiqarib sayraydi. Baqalar ovozi har bir tur va jineda oʻziga xos boʻladi. Ayrim baqalar (mas, kul baqalar) koʻpchilik mamlakatlarda pishirib isteʼmol kilinadi. Baqalar lab. tekshirishlari uchun asosiy obyekt hisoblanadi. Shim. Amerikada uchraydigan leopard baqalar Xalqaro Qizil ki-tobga kiritilgan. Baqa koʻzining orqa tomonida joylashgan nogʻora pardasi eshitish organi hisoblanadi. Erkak baqalar boshining ikki yonida tovushni kuchaytiradigan kulrang pufaklar — rezonatorlar boʻladi. Baqalar urchish davrida vaqillagan ovoz chiqaradi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil