Banu Fazara
| Banu Fazara (بنو فزارة) | |
|---|---|
| Gʻatafan konfederatsiyasi | |
| Nisba | Al-Fazariy |
| Tarmoqlari |
|
| Dini | Islom (630-yildan keyin) |
Banu Fazara, Fazzara, Fezara yoki Fezzara (arabcha: بنو فزارة) Najddan kelib chiqqan arab qabilasi.
Kelib chiqishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Arablarning qabilaviy geneologiyasiga koʻra, Banu Fazara qabilasining asoschisi Fazara ibn Zubyon ibn Bagʻid ibn Rays ibn Gʻatafan hisoblanadi. Shunday qilib, qabila Gʻatafan qabilasining Zubyan tarmogʻiga tegishli boʻlib, shu tufayli Banu Fazara shimoliy arab qabilasi hisoblanadi[2]. Banu Fazara qabilasining tarixiy yaylovlari hozirgi Saudiya Arabistonining markaziy qismidagi Najd hududining Vadi ar-Rumma deb ataladigan mintaqasida joylashgan edi[2].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Islomdan avvalgi Arabistonda Banu Fazara qabilasi Gʻatafanning boshqa bir tarmogʻi hisoblangan Banu Abs qabilasi bilan oʻzaro raqobati tufayli mashhur edi. Dahis va al-Gʻabra nomli jangda ushbu ikki qabila bir-biriga qarshi kurashgan. Bu nom qabilalarning sardorlari — Banu Abs qabilasidan Qays ibn Zubayr ibn Jadima hamda Fazara qabilasidan Huzayfa ibn Badrning otlari sharafiga qoʻyilgan edi. Urush haqidagi maʼlumotga koʻra, Banu Fazara dastlab hiyla-nayrang ishlatib, Banu Absni yenggan. Bunga javoban Abs qabilasi Huzayfaning akasini oʻldirgan. Shundan soʻng, uning oʻgʻli Hisn uzoq davom etgan urush davomida qabilaga boshchilik qilgan. Oxir-oqibat qardosh qabilalar oʻrtasida tinchlik oʻrnatilgandan soʻng, Hisnnning oʻgʻli Uyayna boshliq Fazara qabilasi Banu Amir, Banu Jusham va boshqa qabilaviy guruhlar bilan nizolarga kirishgan[2].
627-yilda Uyayna ibn Hisn boshliq Fazara qabilasi Madinada Islom paygʻambari Muhammadga qarshi Quraysh qabilasi uyushtirgan qamalda ishtirok etgan. Keyinroq ular Zayd ibn Horisa al-Kalbiy boshchiligidagi musulmon qoʻshiniga hujum qildilar hamda 628-yilda Haybar yahudiy qabilalarini musulmonlarga qarshi kurashda qoʻllab-quvvatladilar. 630-yilga kelib Uyayna Muhammad paygʻambar bilan sulh tuzib, musulmonlarning Makka fathi hamda Hunayn jangidagi gʻalabalarida ishtirok etdi. Tulayha 631-yilda oʻzini paygʻambar va ilohiy vahiy oluvchi deb eʼlon qilib, Muhammad paygʻambarga qarshi isyon koʻtargan[3]. Shunday qilib, Tulayha arab orasida Muhammadga qarshi paygʻambarlikni daʼvo qilgan uchinchi shaxs boʻldi[4]. Koʻplab qabilalar uni paygʻambar deb tan olishi natijasida musulmonlarga qarshi turli qabilalardan iborat ittifoqqa yetakchilik qilish uchun yetarli kuch va qudratga ega boʻldi[3]. Banu Fazara elchilari Muhammadga itoat etdilar. Biroq, uning 632-yilgi vafotidan soʻng, musulmonlardan yuz oʻgirib, Ridda urushlari davrida isyonchi sardor Tulayha ibn Xuvaylid safiga qoʻshildilar. Musulmonlar isyonchilarni magʻlub etgach, Banu Fazara yana musulmonlar hukmronligiga boʻysundi[2].
Bugungi kunda Banu Fazara qabilasi avlodlari Sudanda yashaydi. Ular Sudan arablari tarkibiga kiradi. Fazara asosan Shimoliy Kordofan yaylovlarida koʻchmanchi tarzda yashab, tuya savdosi bilan shugʻullanishadi. Shanabla, Majaneen, Banu Jarrar va Banu Zubyan qabilalari Banu Fazaraning Sudan tarmogʻiga mansub hisoblanadi[5].
Ummu Qirfa
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ummu Qirfa Fotima Vodiy al-Quroda yashaydigan Banu Fazara qabilasi yoʻlboshchisi boʻlgan[6]. Qadimgi shajaralarga koʻra, Ummu Qirfa Banu Fazara vakili boʻlgan[7]. U Banu Badr vakiliga turmushga chiqqan[7]. Ibn Isʼhoq va Tabariyning yozishicha, Ummu Qirfa boy boʻlgan[7]. Ushbu ayol ijtimoiy mavqei yuqori keksa ayol hamda Molik ibn Huzayfa ibn Badr al-Fazariyning xotini ekani haqida maʼlumot berilgan[8][7]. Zayd ibn Horisa al-Kalbiy savdo safari maqsadida Shomga yoʻl oldi. Ushbu karvonda Muhamamd paygʻambarning sahobalariga tegishli mollar ham boʻlgan. Vodiy al-Quro yaqinida Fazara qabilasining Badr urugʻidan boʻlgan odamlarga duch kelgan. Ularning yoʻlboshchisi Ummu Qirfa edi. Ular karvonga hujum qilib, karvondagi barcha mollarni tortib oldilar. Karvon aʼzolarining aksariyati halok boʻldi. Zayd ibn Horisani esa yarador holda jang maydonidan olib chiqdilar. Zayd Fazara xalqi bilan jang qilmaguncha tahorat uchun boshini yuvmaslikka qasam ichdi. Yaralari tuzalgach, Muhammad paygʻambar Zaydni hujum qilganlarni jazolash uchun yuborib, kechasi yoʻl bosib, kunduzi dam olish strategiyasi asosida yurishni buyurdi. Zayd yetib borib, Vodiy al-Quroda fazariylarga qarshi jang qilib, ularning bir qismini halok etgan. Qays ibn Musahhar Masʼada ibn Hakamani oʻldirdi. Ummu Qirfa, uning qizi va Abdulloh ibn Masʼada asir olindi. Zayd Qays ibn Musahharga Ummu Qirfani qatl etishni buyurdi. Qays uning ikki oyogʻiga arqon solib, arqonni ikki tuyaga bogʻladi va tuyalarni qarama-qarshi yoʻnalishlarga haydab, Ummu Qirfani tilka-pora qilib oʻldirdi[9][10][11][12][13]. Biroq, uning qanday qatl qilingani haqidagi rivoyatlar bahsli boʻlib, Ibn Isʼhoqdan kelgan naqllar isnodlar yoʻqligi tufayli ishonchsiz hisoblanadi[14]. Ishonchliroq rivoyatlarda Ummu Qirfaning vafoti emas, balki oila aʼzolari bilan birga asir olingani hamda urush asiri sifatida ushlab turilgani tilga olingan. Biroq, keyinchalik musulmon asirlarni ozod qilish evaziga toʻlov sifatida Makkaga yuborilgan.
Abu Bakr Siddiq yoki Zayd ibn Horisa boshchiligidagi harbiy ekspeditsiya hijriy 6-yilning Ramazon oyida Vodiy al-Quroga joʻnatildi. Bu voqea Fazara qabilasi aʼzolari paygʻambarimiz hayotiga suiqasd qilishga uringanidan keyin sodir boʻlgan edi. Bomdod namozidan soʻng, qoʻshinga dushmanga hujum qilish haqida buyruq berildi. Dushmanlarning baʼzilari oʻldirildi, qolganlari asir olindi. Asirlar orasida Ummu Qirfa va uning qizi ham bor edi. Ular Makkadagi baʼzi musulmon asirlarni ozod qilish uchun toʻlov sifatida u yerga yuborildi. Ummu Qirfaning paygʻambarimiz joniga qasd qilish urinishlari oʻziga qaytdi. Oʻz rejasini amalga oshirish uchun toʻplab, taʼminlab turgan oʻttiz otliqning barchasi halok boʻldi.
— Saif-ur-Rahman al-Mubarakpuri, Al-Raheeq al-Makhtum The Sealed Nectar (1st ed.), Dar-us-Salam, p. 337, 1996
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „ص153 - كتاب أنساب الأشراف للبلاذري - نسب بني فزارة بن ذبيان - المكتبة الشاملة الحديثة“.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 Watt 1991, s. 873.
- ↑ 3,0 3,1 Manba xatosi: Invalid
<ref>tag; no text was provided for refs nameddeskref - ↑ Al-Haqqani, Shaykh Muhammad Nazim Adil; Kabbani, Shaykh Muhammad Hisham. Muhammad, the Messenger of Islam: His Life & Prophecy (en). ISCA, 2002. ISBN 978-1-930409-11-8.
- ↑ MacMichael, Harold. A History of the Arabs in the Sudan And Some Account of the People who Preceded them and of the Tribes Inhabiting Dárfūr. Cambridge University Press, 1922. ISBN 9780511696947.
- ↑ Smith, Margaret. Muslim Women Mystics: The Life and Work of Rabi'a and Other Women Mystics in Islam. Oneworld Publications, 30 July 2001 — 151-bet. ISBN 9781851682508.
- ↑ 7,0 7,1 7,2 7,3 De Premare 1994, s. 23.
- ↑ Ibn 'Abd Rabbih. The Unique Necklace, Volume 3, trans. Issa J. Boullata, UWA Publishing, 2012 — 6-bet. ISBN 9781859642405.
- ↑ Mubarkpuri, Safi-ur-Rahman. The Sealed Nectar (Biography of the Prophet). Darussalam Publications, 5 August 2002 — 150-152-bet. ISBN 9781591440710.
- ↑ Ibn Isḥāq, Muḥammad; Guillaume, Alfred. The life of Muhammad: translation of Ishaq's Sirat Rasul Allah. Oxford University Press, 5 August 1978 — 664-665-bet. OCLC 29863176.
- ↑ Guillaume, Alfred (February 1956). "A Note on the Sīra of Ibn Isḥāq" (en). Bulletin of the School of Oriental and African Studies 18 (1): 4. doi:10.1017/S0041977X00122165. ISSN 0041-977X.
- ↑ The History of Al-Tabari: the Victory of Islam. SUNYP, 1997 — 95–97-bet.
- ↑ Al-Jamal, Khalkl Abd al-Karim Manshurat. Al-Nass Al-Muasas wa Mujtamauhu — 174-bet.
- ↑ https://islamweb.net/en/fatwa/192983/weakness-of-narration-about-the-way-umm-qirfah-was-killed
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- De Premare, A.-L. (1994). "Umm Qirfa et Salmâ, et le mythe des peuples anéantis". Journal asiatique 282 (1): 19–35. doi:10.2143/JA.282.1.2006115. ISSN 1783-1504.
- Watt, W. Montgomery (1991). "Fazāra". in Lewis, B.. The Encyclopedia of Islam. II: C–G (new nashri). Leiden and New York: Brill. p. 873. ISBN 90-04-07026-5.