Varanasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Banorasdan yoʻnaltirildi)
Varanasida Nag Nathaya bayraminda Kaliya iloninda qadam tashlagan Krishna.

Varanasi (Banoras) — Hindistondagi qadimgi shaharlardan. 10—12-asrlardan boshlab Sharqda, jumladan Oʻrta Osiyoda Banoras nomi bilan mashhur. Hindistonning Uttar-Pradesh shtatidagi shahar. Gang daryosi irmoqlari boʻlmish Varan va Asi oraligʻida (nomining kelib chiqishi shundan), hindlarning diniy markazi va ziyoratgohi. Aholisi 926 ming kishi (1991). Qadimda Kashi va taxminan 10—12-asrdan Varanasi deb atalgan. Shimoliy Hindistondagi muhim transport yoʻllari tuguni. B.da hindu va buddaviylarning 1500 ga yaqin ibodatxonasi bor, baʼzilari oʻrta asr meʼmoriy yodgorliklari hisoblanadi. B. 7-asrda ilmu fanning yirik markazlaridan biri boʻlgan. Shaharda Jay Singh qurdirgan (1700) rasadxona bor. B. 18-asrning boshida ingliz Ost-Indiya kompaniyasining tasarrufiga oʻtgan. Mamlakatning tarixiy, madaniy va diniy markazi. B.da koʻp tillarda badiiy, siyosiy, ilmiy adabiyotlar nashr etiladi. Hind tilidagi kitoblarning yirik kutubxonasi bor. Oʻtgan asrlarda fors va arab tillarida chiqarilgan asarlar Turkistonga ham tarqalgan. Ipgazlama, oyna, poligrafiya, oziq-ovqat, kimyo korxonalari; teplovoz zavodi bor. B.da shoyi ishlab chiqariladi; tilla va kumush iplardan zarbofkimxob matolar, zargarlik buyumlari tayyorlashda Sharq mamlakatlarida mashhur boʻlgan. Turkistonda maʼlum boʻlgan banoras gazlamasi ham oʻsha yerda toʻqilgan. Universitet bor. "Shiva oltin ibodatxonasi" (1750-yillar), 16 — 19-asrlarning mahobatli saroylari (shu jumladan "Man-Mandir", 1600 yil) saqlangan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil