Bangor universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bangor universiteti (Welsh) Uelsning Bangor shahridagi davlat universitetidir. U 1885-yilda Qirollik Nizomiga kiritildi va Uels federal universitetining asoschilaridan biri hisoblanadi. Rasmiy nomi Shimoliy Uels Universitet kolleji (UCNW) va keyinchalik Uels universiteti, Bangor (UWB; Welsh) deb atala boshlangan. 2007-yilda Uels universitetidan mustaqil Bangor universitetiga ajralib chiqqan.

Bangor universiteti rasmiy logosi

 

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlabki yillar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uels Bangor universiteti kollejining 1926-yilgacha boʻlgan sayti

Universitet Shimoliy Uels Universitet kolleji (UCNW) sifatida 1884-yil 18-oktabrda Penrin Xollda kollejning birinchi prezidenti graf Pavis tomonidan inauguratsiya nutqi asosida tashkil etilgan[1]. Keyin kollejda 3000 karerni oʻz ichiga olgan kortej boʻlib oʻtdi (Penrin kareri va boshqa karerlar universitetga 1200 funt sterlingdan ortiq obuna boʻlgan)[2]. Jamgʻarma Uelsda oliy taʼlimning sifatliligini taʼminlash maqsadida ochilgan boʻlib, u Shimoliy Uelsdagi yangi kollej joylashgan shaharlar oʻrtasidgia raqobatni ham boshqarar edu.

Kollej 1885-yilda Qirollik Nizomiga muvofiq tashkil etilgan[1]. Uning talabalari 1893-yilgacha UCNW Uels federal universitetining taʼsis etuvchi institutiga aylanga qadar London universitetida ilmiy darajalarni olardilar.

Ikkinchi Jahon urushi paytida milliy sanʼat galereyalarining rasmlari dushman bombardimonidan himoya qilish uchun UCNWdagi Prichard-Jones zalida saqlangan. Keyinchalik ular Blaenau Ffestiniogʻdagi shifer konlariga koʻchirildi[1]. Londondagi Universitet kolleji talabalari Bangorda xavfsizroq muhitda oʻqishlarini davom ettirish uchun evakuatsiya qilindi[1].

Bangor togʻidagi asosiy sanʼat va boshqa Bangor universiteti binolari

Kampus va binolar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Universitet Bangorning katta qismini egallaydi va shuningdek, Wrexhamdagi Sogʻliqni saqlash fanlari maktabining bir qismi ham shu yerda joylashgan.

Bangor universiteti, Elektron muhandislik va kompyuter fanlari fakulteti

Akademik profil[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tadqiqot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Universitetning materialshunoslik va bashoratli modellashtirish sohasidagi tadqiqot tajribasi 2017-yil davomida London Imperial kolleji bilan hamkorlikda va Uels hukumati tomonidan 6,5 million funt sterling miqdorida moliyalashtirish asosida Bangordagi Yadro fyuchers institutini tashkil etish orqali oshirildi. Bu loyiha Cymru dasturi nomi bilan ham mashxur.

Tavsiya etilgan Shimoliy Uels tibbiyot maktabi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yilda Uels hukumati Shimoliy Uelsda mustaqil tibbiyot maktabini tashkil etish maqsadida Kardiff universiteti bilan hamkorlikda universitetda tibbiy taʼlimni kengaytirish rejalarini eʼlon qildi[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 David Roberts (2009) Bangor University 1884-2009, University of Wales Press ISBN 978-0-7083-2226-0
  2. The Times, Monday, 20 October 1884; pg. 7; Issue 31269; col F
  3. „Investment in students is next step to a north Wales medical school“. Welsh Government (2021-yil 9-sentyabr).