Bananli tort

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bananli tort

Bananli tort — asosiy tarkibiy qismi banan boʻgan tort. U keks yoki qatlamli tort shaklida tayyorlanishi mumkin. Bananli tortlar Xitoy, Indoneziya va Vetnam oshxonalarida tayyorlanadi[1][2].

Tayyorlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bananli tort asosiy ingredienti — banandan foydalanib tayyorlanadi. Bu tortlar uchun un, shakar, tuxum, sariyogʻ yoki margarin va soda ham ishlatiladi[3]. Bananlarni oshxona kombayni yoki mikser yordamida pyure qilib ezish va xamir bilan aralashtirish kerak. Tort ustini toʻgʻralgan banan boʻlaklari bilan bezatish mumkin. Bezatish sifatida ishlatiladigan bananlar qorayib qolmasligi uchun ularni kesib boʻlgandan keyin suv sepilishi kerak[4][5].

Bananli kremni tayyorlash uchun pishgan va yumshoq mevalarni ishlatish tavsiya etiladi. Bananli tort qovurilgan yoki haddan tashqari pishgan banandan foydalanib ham tayyorlanishi mumkin. Kremga jelatin qoʻshib tayyorlanadi. Jelatinga shishib ketguncha oz miqdorda sovuq suv quyiladi va past olovda yoki suv hammomida isitiladi.

Bananli tortga shokolad ham qoʻshilishi mumkin. Bundan tashqari, tortga toʻgʻralgan yongʻoq qoʻshishingiz mumkin. Yongʻoqlar tortning yuqori qismini bezash uchun ishlatilishi mumkin[6]. Bananli tortlarda tvorog qatlam orasi kremi sifatida ishlatilishi mumkin.

Alohida glazur tayyorlanadi, unga alkogolli ichimliklar qoʻshilishi mumkin.

Qatlamli tortni yigʻish tekis idishda quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: pastki tort qatlami qoʻyiladi, ustidan tvorogli krem surtiladi, ikkinchi tort qatlami qoplanadi. Keyin bananli pyure surtiladi, unga oxirgi tort qatlami qoʻyiladi. Tortning yon tomonlari va yuqori qismiga krem yoki glazur surtiladi. Shundan soʻng, kremi sovuqda qotishi uchun tort muzlatgichga joylashtiriladi.

Bananli tortlar qasqon qozonda pishirilishi yoki bugʻlanishi mumkin. Tayyor bananli tort nam zichlikka ega boʻlishi kerak. Uni qatlamli tort sifatida ham tayyorlash mumkin, xamiridan bananli kekslar (maffinlar, kapkeyklar) tayyorlanishi mumkin. Bananli tort vegetarian taom sifatida ham isteʼmol qilinadi[6].

Tort turlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xitoy oshxonasida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qizil loviya pastasi bilan bananli tortlar

Xitoy oshxonasida gao bananli tortlari choy bilan birga tortiladi, ammo shirinlik sifatida berilmaydi.

Bantyuoy[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bantyuoy — Vetnam bananli torti yoki pudingining nomi. Tort, odatda, qasqon qozonda tayyorlanadi, puding esa pishiriladi.

Kue-nagasari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kue-nagasari — banan, guruch uni, kokos suti va shakardan iborat, Indoneziyaning bugʻda tayyorlangan mashhur bananli torti[7][8].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Bananli non
  • Banoffi pirogi — ingliz bananli pirogi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Tropp, B. (1982). The Modern Art of Chinese Cooking. Cookbook Library. Morrow. p. 518. ISBN 978-0-688-00566-5.
  2. Le, H. (2014). Vietnamese Food with Helenʼs Recipes:. Createspace Independent Pub. p. 158—161. ISBN 978-1-5005-2971-0.
  3. Brass, M.; Brass, S.; Ryan, A. (2015). Baking with the Brass Sisters. St. Martinʼs Press. p. 64-66. ISBN 978-1-250-06435-6. Retrieved April 20, 2016.
  4. „Bananoviy tort — luchshie resepti tortov s bananami“. 2018-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-may.
  5. Heldstab, Celeste (2005). The Kitchen Grimoire Volume 4. Celeste Heldstab. p. 402. ISBN 978-0-9774722-3-9.
  6. 6,0 6,1 Moll, Lucy (January 1993). „A Better Banana Cake“. Vegetarian Times (No. 185): 22.
  7. Von Holzen, H.; Hutton, W.; Arsana, L. (1999). The Food of Indonesia: Authentic Recipes from the Spice Islands. Periplus World Food Series. Periplus Editions. p. 114. ISBN 978-962-593-389-4.
  8. Long, L.M. (2015). Ethnic American Food Today: A Cultural Encyclopedia. Ethnic American Food Today. Rowman & Littlefield Publishers. p. 294. ISBN 978-1-4422-2731-6.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]