Banan respublikasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
"Banan respublikasi" atamasi birinchi marotaba amerikalik yozuvchi O. Genri (William Sydney Porter, 1862-1910), tomonidan ishlatilgan.
Sloveniyadagi banan respublikasini anglatuvchi graffit

Banan respublikasi — xalqaro siyosatda beqaror, iqtisodiy jihatdan esa bir yoki bir nechta qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilishga qaram boʻlgan, koʻpincha korrupsiya chuqur ildiz otgan va kichik elita tomonidan boshqariladigan davlatlar uchun haqoratomuz maʼnoda qoʻllaniladigan siyosiy atama hisoblanadi.

Gonduras „banan respublikasi“ boʻlgan birinchi davlat deb tan olingan edi. XX asrning boshlarida „United Fruit Company“ Hondurasda juda katta taʼsirga ega edi. Bu katta taʼsirdan foydalanib, ular yuqori soliq talab qilgan prezidentni agʻdarib, uning oʻrniga yangisini saylatishgan edi.[1]

1871-yilda Amerika temir yoʻl kompaniyasining egasi Genri Meiggs tomonidan Kosta-Rika hukumati bilan imzolangan temir yoʻl qurilishi shartnomasi doirasida temir yoʻl qurilishi boshlab yuboriladi; Boshqa tomondan, qurilish kompaniyasi ishchilar uchun arzon oziq-ovqat izlab, qurayotgan temir yoʻl boʻylab banan yetishtirish boshlanadi.

Banan savdosining foydali ekanini koʻrgan kompaniya Lotin Amerikasida katta yerlarni sotib oladi va 1899-yilda United Fruit Company nomi bilan bu savdoni monopoliyaga aylantiradi va oʻzi joylashgan mamlakatlar siyosatiga taʼsir eta oladigan kuchga aylanadi.[2]

Garchi bu atama birinchi marotaba amerikalik yozuvchi O. Genri tomonidan 1904-yilda Amerika qitʼasining bir qismi sifatida taʼriflanuvchi 1823-yilgi „Monro doktrinasi“ga[3] muvofiq AQSHning mintaqaviy iqtisodiyot va siyosatini shakllantirgan bu qadamiga qarata ishlatilgan boʻlsa-da,[4] keyinchalik, ayniqsa Sovuq Urush yillarida u qaram davlat yoki qoʻgʻirchoq hukumatlarga nisbatan ishlatilgan atama sifatida keng foydalanib kelinadi. Bu atama Turkiya siyosatida, ayniqsa, oxirgi 10 yil ichida tez-tez qoʻllanilgan va koʻp yillardan beri turk siyosiy hayotida juda koʻp foydalanib kelingan „Ugandaga oʻxshashga urunish“, terminining oʻrnini egallab ulgurdi.[5][6][7]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Honduras, The Making of a Banana Republic. Between the Lines (İngilizce), 1988. 27 mayıs 2013da qaraldi. 
  2. Honduras, The Making of a Banana Republic. Between the Lines (İngilizce), 1988 — sayfa 63 bet. 27 mayıs 2013da qaraldi. 
  3. „US Historical Documents, The Monroe Doctrine“. The University of Oklohoma. 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27 mayıs 2013.
  4. Bananas: How the United Fruit Company Shaped the World (İngilizce). New York: Cannongate Books, 2008 — sayfalar 68-69, 108 bet. 27 mayıs 2013da qaraldi. „O. Henry was the first to use the term 'banana republic'...“ 
  5. „İsrail'e cevap: Türkiye Muz Cumhuriyeti değil“. haber7.com. 15 ocak 2010da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27 mayıs 2013.
  6. „Kapusuz: Muz cumhuriyeti değiliz“. www.dunyabulteni.net. 5 şubat 2010da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27 mayıs 2013.
  7. „Başbuğ: Böyle rezillik olur mu? Yeter yahu!“. Radikal gazetesi. Qaraldi: 27 mayıs 2013.