Balxiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Balxiy (taxallusi; asl ismi Abu Shukur Balxiy) (915 — ?, Buxoro)— shoir. Fors adabiyotida dostonchilikka asos solganlardan biri. Asosan somoniylar hukmronligi davrida yashab ijod etgan. Maʼlum muddat Nuh ibn Nasr saroyida xizmat qilgan. Asarlarida insonparvarlikni, ilm va hunarni ulugʻlagan, kishilarni tenglikka, tinch-totuvlikka daʼvat etgan. "Ofarinnoma" dostoni (947) katta shuhrat qozongan. Doston didaktik mavzuda (asarlaridan 379 bayt turli tazkira va lugʻatlarda saqlangan). Asarlari arab tiliga tarjima qilingan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil