Balxash-Olakoʻl soyligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Balxash-olako‘l soyligidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Bu maqola vikilashtirilishi kerak.

nothumb

Iltimos, bu maqolani Vikipediya qoida va yoʻllanmalariga muvofiq tartibga keltiring.

Balxash-Olakoʻl soyligi - Qozogʻistondagi yassi botiq. 340 – 600 m balandlikda. Kattagina qismi Balxash koʻli bilan band. Sharqida Sassiqkoʻl va Olakoʻl koʻllari, janubida Tovqum, Muyinqum, Sarieshikutrov qumli choʻllari bor. Qiya bukilma va uni daryo qumli yotqiziqlari bilan toʻlishi natijasida hosil boʻlgan. Qumliklarning balandligi 30 m gacha. Saksovul, juzgʻun, teresken, shoʻra, shuvoq oʻsadi. Tuproqlari asosan qoʻngʻir choʻldasht va kam karbonatli sur tuproq, shoʻrxok. Yiliga 135 – 200 mm yogʻin tushadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil