Balkis Karmisheva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Balkis Xalilovna Karmisheva (1916—2000) — etnograf, turkolog olima.

B. X. Karmisheva 1916-yil 3-iyulda hozirgi Xitoyning Shinjon-Uygʻur muxtor rayonidagi (Sharqiy Turkiston) Gʻulja shahrida dunyoga kelgan. 1946-yilda Toshkenddagi Oʻrta Osiyo Davlat universitetining arxeologiya kafedrasini tamomladi. Tojikiston tarix institutining arxeologiya va etnografiya boʻlimida 1956-yilgacha ishladi. Keinchalik Moskva shahridagi Etnografiya institutida ishladi.

B. X. Karmisheva Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari oʻzbeklarining koʻpgina urugʻlari haqida muhim maʼlumotlarni keltirib oʻtgan. Olima Oʻzbekistonning janubiy va markaziy mintaqasida istiqomat qiluvchi oʻzbek urugʻlarini etnik tarixi xususiyatlari borasida oʻzining fikr-mulohazalarini bildirgan.[1]

B. X. Karmisheva 2000-yilning oktabr oyida Moskva shahrida vafot etdi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. С.С.Губаева. Некролог // Этнографическое обозрение. №3., 2001, C-154-157.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Кармышева Б.Х. Очерки этнической истории южных районов Таджикистана и Узбекистана. М., 1976