Balchiqli vulkanlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Balchiqli vulkanlar - doimiy yoki vaqt-vaqti bilan Yer yuzasiga koʻpincha suv va neft aralash holda balchiq massalari va gazning otilib chiqishidan hosil boʻladigan turli shakldagi geologik tuzilma. Bu suyuqliklar vulkan konuslarining yon bagʻrida asta-sekin qotadi; uz. 10 – 20 km, qalinligi 5 – 30 m, kengligi bir necha yuz m. gacha boʻladi. Asosan neftli va vulkanli joylarda uchraydi. Balchiqli vulkanlar dan metan, is gazi, karbonat angidrid, azot va boshqa gazlar chiqib turadi. Ozarbayjon, Turkmaniston, RF (Kubanda, Taman, Kerch, Kamchatka ya. o.lari) hamda Italiya, Islandiya, Markaziy Amerika va boshqa joylarda Balchiqli vulkanlar bor.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil