Kontent qismiga oʻtish

Balchiqchisimonlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Balchiqchisimonlar
Qazilma davri: 55-0 Ma
wasatchianhozirgacha 
Alca tordaCalidris subminutaCharadrius dubiusHesperoburhinus bistriatusHaematopus bachmaniActophilornis africanusLarus michahellisStercorarius antarcticusIbidorhyncha struthersii
Balchiqchisimonlar turkuming ayrim turlari
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar
Kenja olam: Eumetazoa
Tip: Xordalilar
Kenja tip: Umurtqalilar
Sinf: Qushlar
Kenja sinf: Yelpigʻich dumli qushlar
Infrasinf: Yangi tanglayli qushlar
Turkum: Balchiqchisimonlar
Charadriiformes

Balchiqchisimonlar (Charadriiformes) - qushlar sinfining turkumi. Tashqi koʻrinishi va kattaligi har xil. Eng kichigi — chumchuq balchiqchining boʻyi 14 sm, ogʻirligi 20 g , yirigi — chinchoʻldoqning boʻyi 62 sm, ogʻirligi 1100 g cha. Balchiqchilarning oyogʻi uzun, oldingi barmoqlari rivojlangan, orqa barmogʻi boʻlmaydi yoki juda qisqa boʻlib, yerga tegmaydi. Oldingi barmoqlari teri-parda bilan oʻzaro tutashgan yoki oʻralgan. Koʻpchilik turlarining tumshugʻi uzun, ingichka va toʻgʻri, baʼzilariniki yuqoriga yoki pastga qaytarilgan. Balchiqchilar tumshugʻining kattakichikligi va shakli oziqlanish xususiyatlari bilan bogʻliq. Qanotlari ensiz, uchi nayzaga oʻxshash, baʼzilariniki toʻmtoq. Koʻp B.ning dumi qisqa, baʼzilariniki uzun yoki ayrisimon. Patlari zich, rangi koʻpincha bir xil — xira-balchiq tusda. Balchiqchining B. (Charadrii), baliqchilar (Laridae) va chistiklar (Alcae) degan 3 kenja turkumi bor. Balchiqchilar kenja turkumi yakanlar (lacanidae), rangdor loyxoʻraklar (Rostratulidae), choʻldoqlar (Ghara-dviidae), bigiztumshuqlar (Recurvi-rostidae), qiziloyoqlar (Heamato-podidae), loyxoʻraklar (Scolopacidae), plavunchiklar (Phalarepodidae), qisqich choʻldoqlar (Dromadidae), jiqtoqlar (Clareolidae), oq choʻldoqlar (Chioni-didae), yilqichilar (Burhinidae) kabi 12 oilaga boʻlinadi. Baliqchilar kenja turkumi pomorniklar (Stercorariidae), baliqchilar (Laridae), chagalalar yoki dengiz qaldirgʻochlari (Sternidae), suzgirlar (Rynchopidae)ni oʻz ichiga oladi. Chistiklar kenja turkumi 1 oila — chistiklardan (Alcidae) iborat. Baliqchilar turkumining 300 ga yaqin turi mavjud. Yer yuzida keng tarqalgan. Antarktikada faqat 2 turi bor. Asl Baliqchilarning koʻpi quruqlik qushlari boʻlib, dengiz, daryo, koʻl kabi suv havzalarining sohillarida, choʻl, sahro va tundra kabi ochiq yerlarda yashaydi, yerda yaxshi yuguradi. Baʼzi turlari oʻrmon va butazorlarda yashaydi. Suv va quruqlikdagi umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi. Koʻpincha yerga, baʼzi turlari (qora balchiqchi) daraxtga uya quradi. Yiliga bir marta 2 — 5 dona tuxum qoʻyadi. Asosan, urgʻochilari nasl uchun gʻamxoʻrlik qiladi, lekin rangdor loyxoʻrak va suzgir Baliqchilarning erkaklari tuxum bosadi hamda joʻjalarini boqadi. Baliqchilarning goʻshti mazali. Yilqichi, qizqush, katta qiziloyoq, loyxoʻrak, chinchoʻldoq, jiktoq, torgʻoq, kurakburun Baliqchilarning tipik vakilidir.

Taksonomiyasi va Sistematikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Tashqi koʻrinishiOila nomiLotincha nomiUrug‘lari
-Pluvianellidae
Oq rjankalarChionidae
YilqichilarBurhinidae
Magellan rjankalariPluvianidae
BigiztumshuqlarRecurvirostridae
OʻroqtumshuqlarIbidorhynchidae
Zax loyxoʻraklarHaematopodidae
RjankalarCharadriidae
-Pedionomidae
-Thinocoridae
-Rostratulidae
YakanalarJacanidae
LoyxoʻraklarScolopacidae
-Turnicidae
-Dromadidae
JiqtoqlarGlareolidae
PomorniklarStercorariidae
ChistiklarAlcidae
BaliqchilarLaridae
  • Suvkesar (Rynchops) — 3 tur
  • (Gygis) — 3 tur
  • (Anous) — 5 tur
  • (Onychoprion) — 4 tur
  • (Sternula) — 7 tur
  • Katta-tumshuq chigirtchi (Phaetusa) — 1 tur
  • Chegrava (Hydroprogne) — 1 tur
  • (Gelochelidon) — 2 tur
  • (Larosterna) — 1 tur
  • (Chlidonias) — 4 tur
  • (Thalasseus) — 7 tur
  • Chigirtchi (Sterna) — 13 tur
  • (Creagrus) — 1 tur
  • (Hydrocoloeus) — 1 tur
  • (Rhodostethia) — 1 tur
  • (Rissa) — 2 tur
  • (Xema) — 1 tur
  • (Pagophila) — 1 tur
  • (Saundersilarus) — 1 tur
  • (Chroicocephalus) — 10 tur
  • (Leucophaeus) — 5 tur
  • (Ichthyaetus) — 6 tur
  • Baliqchi (Larus) — 25 tur
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil