Kontent qismiga oʻtish

Balanjar jangi (652)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Balanjar jangi (652)
Arab–Xazar urushlarining bir qismi
Sanalar milodiy 652-yil
Urush yeri Balanjar atrofida
Natija Xazarlar gʻalaba qozongan
Qoʻmondonlar
Xazar xoqonligi
  • nomaʼlum
Roshidun xalifaligi
  • Abdurahmon ibn Robiʼa 

Balanjar jangi Birinchi Arab–Xazar urushi davrida Xazar xoqonligi va xalifalik qoʻshinlari oʻrtasida boʻlib oʻtgan. Arab qoʻshinlariga Abdurahmon ibn Robi’a qoʻmondonlik qilgan[1].

Arab manbalariga koʻra, 642-yilda arablar Darbandni egallagan, bu paytda Abdurahmon ibn Robi’a shaharning fors hokimi Shahrbarozni taslim boʻlishga majbur qilgan[2]. Abdurahmon Darbandda turib keyingi yillarda xazarlarga qarshi tez-tez hujumlar uyushtirgan, ammo bu hujumlar kichik koʻlamda boʻlgan va manbalarda bu boradagi katta ahamiyatga ega voqealar haqida qayd etilmagan[2].

652-yilda xalifa Usmonning xavf-xatarlardan tiyilish haqidagi buyrugʻiga qaramay, Abdurahmon shimolga tomon katta yurishni boshlab, Balanjar shahrini nishonga olgan[2]. Biroq Balozuriy va Yaʼqubiyning maʼlumotlariga koʻra, bu yurishga uning ukasi Salmon ibn Rabi’a boshchilik qilgan[3].

Keyingi qamal davomida har ikki tomon katapultalar va ballistalardan foydalangan[2]. Bir necha kundan soʻng xazar garnizoni qarshi hujum uyushtirdi, ayni shu vaqtda xazarlarga yordam berish maqsadida yirik qoʻshin yetib keldi. Jangda Abdurahmon halok boʻldi, uning ukasi Salmon qoʻshinni ruhlantirishga uringaniga qaramay, arab qoʻshinlari parokanda boʻldi[2]. 4 000 nafar arab askari halok boʻldi, koʻpchilik Salmon bilan birga Darbandga qochib ketdi, qolganlari esa Gilon va Jurjonga qadar chekinishga majbur boʻldi[3].

Abdurahmonning jasadi jang maydonida qolib ketgan. Maʼlumotlarga koʻra, xazarlar uning jasadini qozonga solib saqlashgan va uni muqaddas deb bilishgan. Ularning eʼtiqodicha, bu jasad yomgʻir yoki qurgʻoqchilik keltirish, shuningdek, urushda gʻalabani taʼminlash kuchiga ega boʻlgan[2].

  1. Howard-Johnston, J. D.. Witnesses to a World Crisis : Historians and Histories of the Middle East in the Seventh Century (en). Oxford, England: Oxford University Press, 2010 — 378-bet. ISBN 978-0-19-920859-3. 
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 Dunlop 1954.
  3. 3,0 3,1 Artamonov 1962.