Balanjar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

BalanjarShimoliy Kavkazdagi oʻrta asr shahri. Shimoliy Dogʻistondagi Suloq daryosi boʻyidagi Andreevo (Enderi, Jdere) qishlogʻi oʻrnida boʻlgan deb taxmin etiladi. Rivoyatga koʻra, Balanjarga afsonaviy Balanjar ibn Yofas asos solgan. Tarixiy manbalar (Yaʼqubiy, 9-asr) Balanjarni 6-asrdagi voqealar munosabati bilan tilga olganlar. Unga koʻra, Balanjarni sosoniylar qoʻshini bosib olgan. Masʼudiyning yozishicha, Balanjar 8-asr gacha Xazar xoqonliginiit poytaxtlaridan biri boʻlgan. 7 — 8-asrlarda Xalifalik qoʻshinlariga qarshi qattiq qarshilik koʻrsatgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil