Boʻlamon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Balabondan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Boʻlamon balamon, balabon — Markaziy Osiyo va Kavkaz xalqlarining tilchali puflama sozi. Kadimdan mashhur, ayniqsa 15—17-asrlardagi B.chi sozandalar nomi tarixiy manbalarda koʻp uchraydi. Tashqi koʻrinishi kichik surnaysimon boʻlsada, nayining ichki kengligi uzunasiga bir xil.

Yuqori qismiga yakka tilchali qilib kesilgan qamish naycha oʻrnatiladi. Asosan, tut yogʻochidan yasaladi. Barmoqlar uchun moʻljallangan 7 ta teshigi yuzida, 1 tasi orqa tomonida boʻladi. B. sibizgʻannt takomillashtirilgan turi boʻlsada, sadolanish kuchi, tembr xususiyatlari hamda ijro imkoniyatlariga koʻra qoʻshnayta yaqin. Diapazoni taxminan2 oktava. Oʻzbekistonning Xorazm vohasi va qisman Qoraqalpogʻistonda tarqalgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Boʻlamon" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Adabiyotlar[tahrir]

  • Karomatov F., Oʻzbekskaya instrumentalnaya muzika, T., 1972.