Bakteritsid qogʻoz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Bakteritsid qogʻoz (bakteriyalar va lot. caedere — oʻldirmoq) — kumush nitrat va kumush xlorid eritmasi shimdirilgan gʻovak qogʻoz; tarkibida 1 – 2 mg kumush tuzi bor. Mikroblarni oʻldirish xususiyatiga ega. Katgaligi 10-14 sm. Yarachaqalarni davolashda, kuyishning yengilroq shaklida dezinfeksiyalovchi vosita sifatida ishlatiladi. Badan chaqalanganda yoki ozgina jarohatlanganda Bakteritsid qogʻoz ni suvga sal hoʻllab, jarohatga yopiladi, ustidan paxta qoʻyib, bint bilan bogʻlanadi. Jarohat qonayotgan boʻlsa, Bakteritsid qogʻoz hoʻllanmasdan qoʻyila beradi. Bakteritsid qogʻoz chinni yoki toʻqjigarrang shisha bankalarda saqlanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Bakteritsid qogʻoz" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil