Bakteriostatik moddalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Bakteriostatik moddalar (bakteriyalar va yun. stasis — bir joyda turish, toʻxtab qolish), bakteriostatiklar — bakteriyalar va boshqa mikroorganizmlarning oʻsishi va rivojlanishini toʻxtatib qoʻyadigan moddalar. Antibiotiklar, ogʻir metallarning ionlari (Ag/ Au3, Hg2, Cu2), ximioterapevtik vositalar (sulfanilamid preparatlar, margimush preparatlari) va boshqa Bakteriostatik moddalar dir. Ular kuchi taʼsir etayotgan moddaning konsentratsiyasiga bogʻliq. Kam konsentratsiyali bakteritsid moddalar ham bakteriyalarning koʻpayishini toʻxtatadi. Bakteriostatik moddalar tibbiyot, veterinariya va oziq-ovqat sanoatida ishlatiladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil