Baken

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Baken (gollandcha baken) – suv betida qalqib turadigan belgi, mayoq; langarga bogʻlangan boʻladi. Suv yoʻllarida kema harakatiga xavf soladigan joylarni va kemalarning oʻtishi uchun eng qulay yoʻllarni koʻrsatish uchun qoʻyiladi. B. piramida, konus yoki shar shaklida yogʻoch yoki poʻlatdan ishlanadi. Elektr lampochka, kerosin lampa yoki atsetilen fonuslar bilan yoritiladi. Kema projektorining nuri tushganda yarqirab koʻrinadigan boʻlishi uchun B. sirtiga baʼzan qirrali koʻzgular qoplanadi. Avtomatik B.lar oʻchibyonib turadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil