Bahromgoʻr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

BAHROMGOʻR yoki Varaxran V(shohlik yillari 421438) – Eronda xukm-ronlik qilgan sosoniylardan Yazdigar-dning oʻgʻli. Yaman podshohi Nuʼmon va uning oʻgʻli Munzir tarbiyasida oʻsgan. Yazdigard zulmidan bezor boʻlgan xalq u va-fot qilgandan soʻng Ardasher nasliga mansub Kisro (baʼzi manbalarda Hisrav, Xusrav)ni taxtga koʻtaradi. Bu voqeadan xabar topgan Baxrom lashkar tortib Eronga keladi. U otasining xatolarini takrorla-maslik va mamlakatda adolat, tinchlik oʻrnatishga oʻz aʼyonlari va xalq oldida kdeamyod qiladi. Anʼanaviy shartga muvo-fiq ikkita sherni oʻldirib, ular oʻrtasidagi tojni oladi va podshoxlik taxtiga oʻtiradi. Uning sevgan mashgʻuloti goʻr (qulon) ovi boʻlganligi uchun ham u Goʻr laqabini olgan. B. G. davrida Eronda zar-dushtishshk dinini mustahkamlash va keng yoyish maqsadida yangi-yangi otashkadalar kurildi. Nasturiylik (xristianlikdagi oqimlardan biri) qattiq taʼqib ostiga olindi. Bu harakat Eron-Vizantiya uru-shini keltirib chiqardi (423424). Urushda Vizantiyaning gʻalabasi nasturiylikka qarshi qaratilgan siyosatni bir oz su-saytirdi. B. G. Turon bilan ham urush olib borgan. 5-asrning 30-yillarida Ozarbayjon va Xuroson sosoniylar davlatiga kushib olindi. B. G. shoir va bastakor-sozanda ham boʻlgan. U sosoniylar orasida birinchi boʻlib sheʼr va musika vaznini ijod etgan. Sharqning mashhur olti musika usuli (Shodiyona, Duyan, Axloqiy, Nanreziy, Ravona, Ulusiy)dan eng shoʻx va quvnogʻi – Shodiyonaning bastakori. Firdavsiyning "Shohnoma", Nizomiyning "Haft paykar", Hisrav Dehpaviytmt "Hasht bigʻisht" vaAlisher Shvoiynnng "Sabʼai say-yor" dostoshgarida B. G. adolatli shogʻ, ja-sur sarkarda, ayni vaqtda maishatparast, xudbin shaxs sifatida tasvirlangan. Maʼ-lumotlarga koʻra, B. G. 63 yil (baʼzi manbalarda 70 yil) umr koʻrgan. Yozma adabiyotda uiing shaxsi badiiy obraz darajasiga koʻtarilgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil