Bahrom Choʻbin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Bahrom choʻbindan yoʻnaltirildi)

Bahrom Choʻbin (? - 592) - sosoniylar sulolasidan boʻlgan Xusrav I Anushirvon (531579) va Hurmuzd IV (579 - 590) ning sarkardasi. B. Ch. 563567 y.lari sharqda eftaliylar va ashina turklari bilan urush olib borgan. 60—70-y.larda Vizantiya bilan olib borilgan urushlarda magʻlubiyatga uchragan. Xusrav I va Hurmuzd IV davrida bir qator maʼmuriy islohotlar oʻtkazilib, badavlat aslzodalarning siyosiy mavqei cheklab qoʻyildi. B. Ch. sarkardalikdan chetlatildi. B. Ch.ning mansabdai chetlatilishi katta qoʻzgʻolonga bahona boʻldi. U qoʻshin toʻplab, mamlakat poytaxti Ktesifonga qarab yurdi (590). Aynan shu vaqtda poytaxtda podshohga qarshi fitna uyushtirilib, Hurmuzd IV oʻddirildi, taxtga uning oʻgʻli Xusrav II Parviz oʻtirdi. B. Ch. qoʻzgʻolonni davom ettirib, poytaxtii egʻalladi va oʻzini podshohdeb eʼloi qildi. Xusrav II Vi-zantiyaga, imperator Mavrikiy huzuriga qochdi va uning yordamida taxtni qayta qoʻlga kiritdi (591). B. Ch. turk xo-qoni huzuriga qochib, tez orala oʻsha yerda oʻldirildi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil