Bahrom Vafoev nomli stadion

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Bahrom Vafoev Stadiumdan yoʻnaltirildi)
Bahrom Vafoev Stadioni
Toʻliq nomi Bahrom Vafoev nomli stadion
Joyi Muborak, Oʻzbekiston
Qachon qurilgan 1980-yillari
Qachon ochilgan 1980-yil
Egasi Mashʼal futbol klubi
Operator Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi
Yuzasi tabiiy chim, grass
Hajmi 10.000 (futbol)
Maydon oʻlchami 112m x 72m
Maydon egalari
Mashʼal futbol klubi

Bahrom Vafoev nomli stadion — Muborak shahrida joylashgan, 10 000 muxlisga moʻljallangan futbol oʻyingohi. Ushbu oʻyingohda Mashʻal futbol klubi uy oʻyinlarini oʻtkazadi.[1]

2012-yil mart oyidagi koʻrinishi[sayt ishlamaydi]

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bahrom Vafoyev nomidagi stadion. Bu mahalliy „Mash’al“ futbol klubining uy arenasi. 10 ming tomoshabinga moʻljallangan. 1980-yillarning boshlarida qurilgan va ochilgan. Keyingi yillarda u bir necha bor rekonstruksiya qilindi. „Mash’al“ futbol klubi asoschisi, klub tashkil topgan yillarda, yaʼni 1980-yillar boshida Muborakdagi korxonalardan biriga rahbarlik qilgan Baxrom Vafoyev nomi bilan atalgan.

Bahrom Vafoev nomli stadion, 2012-yil (mart)

Tavisfi[tahrir | manbasini tahrirlash]

10000 tomoshabinga moʻljallangan. Jami 8ta sektordan iborat. Lekin bugungi kunda 7500 nafar tomoshabin uchun oʻrindiq bor. Shuningdek nogironlar uchun ham alohida joy ajratilgan. CIP va VIP lojalar ham mavjud. Stadion hududida 4ta tabiiy, 4ta sunʼiy maydon mavjud boʻlib, ularning hajmi turlicha. Akademiya tarbiyalanuvchilari ham shu yerda mashgʻulot oʻtkazadi. Qish faslida tabiiy maydonlar yopiladi. Shunda hamma sunʼiy maydondan foydalanadi. 1-2-maydonlar rasmiy oʻyinlarni oʻtkazishga toʻla javob beradi. Futbolchilarni kiynish xonasi bilan issiq va sovuq, hammasi mavjud. Ishqibozlar toʻrtta xududdan kira oladi. Avtoulovlar uchun ham maxsus joy qilingan. Buni ichida yuqorida aytib oʻtganimdek 8ta maydon mavjud, 1 ta sport zal bor.[2][3][4]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „FK Mash'al Mubarek“. Soccerway. Perform Group. Qaraldi: 2015-yil 21-aprel.
  2. „42та ходими бор стадион ёхуд Хўжамурод Казаков билан суҳбат“ (24 мар 2015). 2022-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.
  3. „"Mashal" klubi uy stadioniga yangi elektron tablo o'rnatildi FOTO“. 2023-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-aprel.
  4. „Майдон чимини янгилаш навбати "Машъал"га келди“. 2023-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-aprel.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]