Bahriddin Chustiy

Bu maqolani tinglang
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bahriddin Najmiddinov
Tavalludi 19-oktyabr 1984-yil (1984-10-19) (39 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston
Kasbi oshpaz
Dini islom

Bahriddin Neʼmatjonovich Najmiddinov (1984-yil 19-oktabr, Chust tumani, Namangan viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek oshpazi, Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Rossiyadagi bir qancha restoranlar oshpazi[1]. Taxallusi — Bahriddin Chustiy. Oʻzbekistondagi Aksu restoranlar tarmogʻi asoschilaridan biri.

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bahriddin Najmiddinov 1984-yilda Namangan viloyatining Chust tumanida oʻqituvchi oilasida tugʻilgan. 1991-1998-yillarda Chust tumanidagi oʻrta maktabda oʻqigan.

Taxallus[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bahriddin Najmiddinov ijtimoiy tarmoqlarda Chustiy taxallusi bilan mashhur. Ushbu taxallus uning tugʻilgan joyiga ishora qiladi[2].

Mashhur ishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bahriddin Chustiy 2017-yil 8-sentabrda „Oʻzbegim milliy anʼanalari“ festivali doirasida tayyorlangan va Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan „Mega palov“ loyihasi tashabbuskorlaridan biri[2][3][4]. Kun.uz nashriga bergan intervyusida mazkur loyiha uchun tayyorgarlik jarayonlari 2010—2011-yillardan boshlanganini maʼlum qilgan[2].

2021-yilda Dubayda oʻtkazilgan „Ekspo-2020“ butunjahon koʻrgazmasida Oʻzbekiston kuni doirasida 1000 kilogramlik mega palov tayyorlagan[3].

Bahriddin Chustiy 2021-yilda dekabr oyida AQSh davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha yordamchisi Donald Lu bilan palov tayyorlagan[5].

Kasallik haqidagi xabarlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil sentyabr oyida bloger Aziza Umarova Facebook sahifasida Bahriddin Chustiyning kasalligi haqida quyidagicha xabar qoldirgan edi:

Ertalab Bahriddinning rafiqasi Farangiz bilan gaplashdim. Uni reanimatsiyaga olishganini aytdi. Kislorodsiz saturatsiyasi 47 ga tushib ketibdi, kasalxona kislorodi bilan 89 ekan. Tana harorati 38,5 daraja[4]

Keyinchalik tuzalib chiqqani xabar qilingan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Mashhur o'zbek gurme Bahriddin Chustiyuniversitet kutubxonasini mualliflik huquqi himoyalangan kitoblar bilan to'ldirdi“. www.univ-silkroad.uz. Qaraldi: 24-dekabr 2022-yil.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Bahriddin Chustiy rekord palov, taxallus va oshpazlik haqida“ (18/09/2017). Qaraldi: 24-dekabr 2022-yil.
  3. 3,0 3,1 „Dubayda bir tonnalik mega-palov tayyorlandi (foto,video)“ (2021-yil 10-dekabr). Qaraldi: 24-dekabr 2022-yil.
  4. 4,0 4,1 „Taniqli oʻzbek oshpazi Bahriddin Chustiy jonlantirish boʻlimiga yotqizildi“ (2020-yil 5-sentyabr). 2022-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-dekabr 2022-yil.
  5. „U.S. Embassy in Tashkent“. twitter.com. Qaraldi: 24-dekabr 2022-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu maqolani tinglang (3 daqiqa)
noicon
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 17-may, 2023-yil(2023-05-17) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.