Bahodir Xoliqov (hokim)
| Bahodir Xoliqov | |
|---|---|
Bahodir Rahmatullayevich Xoliqov | |
|
| |
|
Mansab davri 2023-yil 11-avgustdan – hozirgi vaqtgacha | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Bosh vazir | Abdulla Aripov |
| Deputat | Rishton tuman Kengashi |
| Oʻtmishdoshi | Sufhonjon Soliyev |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi |
26-yanvar 1972-yil Rishton tumani, Fargʻona viloyati |
| Fuqaroligi |
|
| Millati | Oʻzbek |
| Taʼlim | Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (1994-yil) |
| Maʼlumoti | Oliy |
Bahodir Xoliqov (1972-yil 26-yanvar, Rishton tumani, Fargʻona viloyati, OʻzSSR) – oʻzbekistonlik iqtisodchi, davlat arbobi, 2023-yildan buyon Rishton tumani hokimi, Rishton tuman Kengashi deputati.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bahodir Rahmatullayevich Xoliqov 1972-yil 26-yanvarda Fargʻona viloyati Rishton tumanida tugʻilgan. 1994-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini iqtisodiy kibernetika yoʻnalishini tamomlagan[1]. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi – iqtisodchi[1].
Ish faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bahodir Xoliqov soliq tizimidagi oʻz faoliyatini 1994-yilda Rishton tumani davlat soliq inspeksiyasida boshlagan. Koʻp yillar mobaynida soliq tizimida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat olib borgan, jumladan, Margʻilon, Quvasoy va Fargʻona shaharlarida Davlat soliq inspeksiyalari boshligʻi boʻlgan[1]. Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi Fargʻona viloyati boʻlimiga rahbarlik qilgan[2].
2019–2020-yillarda Quvasoy shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari – shahar iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi boshligʻi sifatida, 2020–2021-yillarda Fargʻona viloyati Bandlik bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan. 2021-yil 24-may kuni Fargʻona viloyati hokimining oʻrinbosari – mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻi lavozimiga oʻtgan[3][4].
2023-yil 11-avgust oyida Fargʻona viloyatining Rishton tumaniga hokim etib tayinlangan[5][6][7]. 2023-yil 15-dekabrdan Rishton tuman Kengashi deputati deb topilgan[8].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 Gazeta.uz. „Farg‘ona viloyati davlat soliq idoralari rahbariyatida qator o‘zgarishlar bo‘ldi“ (23-mart 2019-yil). Qaraldi: 30-aprel 2024-yil.
- ↑ Rishton tumani hokimligining rasmiy veb sayti. „Фарғона вилояти Риштон тумани ҳокими“ (11-avgust 2023-yil). Qaraldi: 30-aprel 2024-yil.
- ↑ Kun.uz. „Farg‘ona viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi“ (24-may 2021-yil). Qaraldi: 30-aprel 2024-yil.
- ↑ Xabar.uz. „Farg‘ona viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi“ (24-may 2021-yil). Qaraldi: 30-aprel 2024-yil.
- ↑ Nodirjon Madaminov. „Rishton tumaniga yangi hokim tayinlandi“. Qalampir.uz (11-avgust 2023-yil). Qaraldi: 30-aprel 2024-yil.
- ↑ Kun.uz. „Rishton tumaniga yangi hokim tayinlandi“ (11-avgust 2023-yil). Qaraldi: 30-aprel.
- ↑ UzReport.news. „Bahodir Xoliqov Rishton tuman hokimi etib tayinlandi“ (12-avgust 2023-yil). Qaraldi: 30-aprel 2024-yil.
- ↑ Rishton.uz. „XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI“ (15-dekabr 2023-yil). — „Saylov natijalariga ko‘ra 80 foizdan yuqori ovoz to‘plagan Xoliqov Bahodir Rahmatullayevich xalq deputatlari Rishton tuman Kengashi deputati etib topilgan.“. Qaraldi: 30-aprel 2024-yil.
