Bahodir Iso
- Vikipediyada ismi Bahodir boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Bahodir Iso | |
|---|---|
| Tavalludi |
1956-yil |
| Vafoti |
25-fevral 2025-yil (69 yoshda) |
| Fuqaroligi |
|
| Taʼlimi | Fargʻona pedagogika instituti |
| Kasbi | Shoir va jurnalist |
| Unvoni |
|
Bahodir Iso (1956-yil; Rishton tumani, Fargʻona viloyati, OʻzSSR — 2025-yil 25-fevral) — oʻzbekistonlik shoir va jurnalist. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi[1][2].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bahodir Iso 1956-yil Fargʻona viloyati Rishton tumani Doʻtir qishlogʻida tugʻilgan. 1977-yilda Fargʻona pedagogika institutini (hozirgi Fargʻona davlat universiteti) tamomlagan[3].
Mehnat faoliyatini Rishton tumanidagi oʻrta maktablarda oʻqituvchilik bilan boshlagan. Keyinchalik Madaniyat uyida rassom, tuman Maʼnaviyat targʻibot markazida rahbar, viloyat hokimligining „Fargʻona haqiqati“ gazetasi adabiy xodimi, Fargʻona davlat universiteti sanʼatshunoslik kafedrasida oʻqituvchi boʻlib ish yuritgan[4].
Bahodir Iso 2025-yil 25-fevralda vafot etgan[5][6].
Ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ilk sheʼriy toʻplami 1988-yilda „Xayrli tun“ nomi ostida chop etilgan[7]. Keyinchalik „Odamlar ichidan odam izladim“ (2005), „Yaxshilar bor yaxshiyam“ (2008), „Otam kutgan kunlar“ (2013), „Muhammad Yusuf“ (2014), „Kuy tili“ (2015), „Qishloqdagi shoir“ (2016) nomli sheʼriy toʻplamlari bosmadan chiqqan[4].
„Ichimdagi dushmanlarim“, „Koʻrmaganni koʻrgani qursin“, „Yaxshilar bor yaxshiyam“, „Yanpanlik goʻzal qizga“ nomli sheʼrlari qoʻshiqqa aylantirilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Таниқли шоир Баҳодир Исо вафот этди“. yuz.uz. 2025-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-fevral 2025-yil.
- ↑ „Shoir Bahodir Iso 69 yoshida vafot etdi“. uzreport.news. Qaraldi: 26-fevral 2025-yil.
- ↑ „Bahodir Iso (1956)“. ziyouz.com. Qaraldi: 26-fevral 2025-yil.
- ↑ 4,0 4,1 „Shoir Bahodir Iso vafot etdi“. oyina.uz. Qaraldi: 26-fevral 2025-yil.
- ↑ „Shoir Bahodir Iso 69 yoshida vafot etdi“. xabar.uz. Qaraldi: 26-fevral 2025-yil.
- ↑ „Shoir Bahodir Iso 69 yoshida vafot etdi“. gazeta.uz. Qaraldi: 26-fevral 2025-yil.
- ↑ „Bahodir Iso. Kelishingni kutganim-kutgan“. kh-davron.uz. Qaraldi: 26-fevral 2025-yil.