Kontent qismiga oʻtish

Bahodir Abdullayev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bahodir Abdullayev
Abdullayev Bahodir Tojimirzayevich
Oʻzbekiston metallurgiya kombinati aksiyadorlik birlashmasi raisi
Mansab davri
2025-yil avgust
Oʻtmishdoshi Dilshod Ahmedov
Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi vitse-prezidenti
Mansab davri
2025-yil aprel
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 5-dekabr 1967-yil (1967-12-05) (58 yosh)
Shahrixon, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Bahodir Tojimirzayevich Abdullayev (1967-yil 5-dekabr, Shahrixon, Andijon viloyati) — oʻzbek tadbirkori va sport arbobi. Oʻzbekiston metallurgiya kombinati aksiyadorlik birlashmasi raisi[1][2], shuningdek Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi vitse-prezidenti[3].

Bahodir Abdullayev 1967-yil 5-dekabrda Andijon viloyatining Shahrixon shahrida tugʻilgan. 1991-yilda Namangan muhandislik-qurilish institutini (avvalgi nomi bilan Namangan sanoat texnologiyasi instituti) tamomlagan. U 2007-yilda BA Holding investitsiya kompaniyasiga asos solgan. Kompaniya qurilish, sanoat, sogʻliqni saqlash, qishloq xoʻjaligi va metall mahsulotlari ishlab chiqarish sohalarida faoliyat yuritadi. 2022-yil Mehnat shuhrati ordeni bilan taqdirlangan[4].

Abdullayev 2025-yil avgust oyidan boshlab “O'zbekiston metallurgiya kombinati” AJ kuzatuv kengashi raisi lavozimida faoliyat olib boradi. Ushbu korxona Oʻzbekistondagi eng yirik metallurgiya korxonalaridan biri hisoblanadi[5].

2025-yil aprel oyida u Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi vitse-prezidenti etib saylangan[6]. Shuningdek, Bahodir Abdullayev Namangan viloyati xalq deputatlari kengashi deputati hisoblanadi[7].

Shuningdek qarang

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. „Tadbirkor Bahodir Abdullayev “O‘zmetkombinat” rahbari bo‘ldi“. gazeta.uz.
  2. „Корпоративное управление“.
  3. „Yurtimizda korporativ sport rivojlanmoqda“.
  4. „“Фаол тадбиркор” кўкрак нишони билан тақдирлаш тўғрисида“. president.uz.
  5. „«O‘zmetkombinat»ga yangi rahbar tayinlandi“. kun.uz.
  6. „Корпоративный спорт - шаг к здоровому обществу“. yuz.uz.
  7. „Халқ депутатлари Наманган вилояти Кенгаши депутатлари“.